Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUD OBODLIGIGA HISSA QO'ShAMIZ

×

 2022-04-29 16:27:41    72

PDF yuklash
Chop etish


HUDUD OBODLIGIGA HISSA QO'ShAMIZ

         Respublikamiz Hukumati va bevosita davlatimiz rahbari e'tibori doirasida So'x tumanida keng ko'lamli obodonlashtirish, qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bo'layotgan har bir o'zgarish va yangilanishlar So'x tumani fuqarolari manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahmiyatlidir Zotan, poydevori qonun ustuvorligi va inson qadri yuksakligi bilan mustahkamlanayotgan yurtimizda fuqarolar manfaati barcha narsadan ustundir.

         Hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida tuman sektorlari rahbarlari, hududlardagi hokim yordamchilari va ayniqsa, tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlarining obodlik yo'lida qilayotgan sa'y-harakatlarini e'tirof etish lozim.

         Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov boshchiligida tuman Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini hududida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari olib borildi.

         - So'x tumanini eng obod va ko'rkam go'shaga aylantirishdek ezgu niyat bilan mahallamiz hududida bir yoqadan bosh chiqarib, mehnat qildik. Albatta, barcha ishlarning boshida tumanimiz prokurori bizga xayrixohlik qildilar. Obodonlashtirish maqsadida maxsus texnikalarning safarbar etilishi prokurorimiz ko'magida amalga oshirildi, - deydi Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini hokim yordamchisi Xurshed Hisenov.

         Bolalar sog'lomlashtirish oromgohi qurilayotgan hududda barcha kuch va vositalarni safarbar etgan holda obodonchilik hashari tashkil etildi. Chunki bolalarimiz uchun qurilayotgan oromgoh hududi har doim toza va ozoda bo'lishi lozim, chunki oromgoh ishga tushgandan so'ng bu hududga odamlarning oqimi ko'payishi tabiiy hol.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati