TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI BO'LIB O'TDI
2022-04-29 16:22:52 133
TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI BO'LIB O'TDI
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi 54-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman sektorlari rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyaga raislik qilgan tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev sessiyani ochib, ishtirokchilarga kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan ma'lumotlar berdi.
Sessiya kotibini saylangandan so'ng ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar muhokamasiga kirishdilar.
Kun tartibidagi birinchi masala - Vazirlar Mahkamasining 31 mart 2022 yildagi 145-sonli qarori asosida tumanda hududlaridagi ruyixati shakllantirilgan ayollar va xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kirgizish masalasi yuzasidan oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash masalasi bo'yicha tuman hokimi o'rinbosari Madina Safarova ma'lumot berdi.
Kun tartibiga qo'ilgan ikkinchi masala - Javpaya massividagi o'zlashtirilgan yerlar hisobidan kooperatsiya tashkil etish to'g'risida tuman “Ermulkkadastr” vakili Hamidullo Rahmatullayev sessiya ishtirokchilarga ma'lumot berdi. Bugungi kungacha Javpaya massivida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, issiqxonalarni fuqarolarga biriktirish va ochiq yer maydonidan yer ajratib berish bo'yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumotlar berildi. Bu masala bo'yicha deputatlar ham “Ermulkkadstr” vakilidan o'z savollariga javoblar olishdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5048 sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida 2022 yilda So'x tumani Qal'acha va Chashma mahalla fuqarolar yig'inlari ichki ko'chalarni hamda Farg'ona viloyat “Mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi” tashkiloti zaxira mablag'idan tumandagi ko'chalarni ta'mirlash taklifi to'g'risida sessiya ishtirokchilariga tuman obodonlashtirish boshqarmasi bosh muhandisi Habibullo Musoyev ma'lumot berdi.
Tumanning ba'zi hududlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli qarori asosida ichki ko'chalarni ta'mirlash ishlariga mas'uliyatsizlik bilan qaralganligi, aksariyat mahallalarda yo'llarni ta'mirlash ishlariga beparvolik qilinganligi yuzasidan deputatlar tanqidiy fikrlar bildirdilar.
Tuman hokimi taklifi bilan mana shunday qolib ketgan ishlarning sarhisob qilinishi va joriy yilda ta'mirlanmasdan qolib ketgan yo'llar ta'mirlanishi va buning uchun tuman hokimi tashabbusi bilan mablag' yo'naltirilishi deputatlar tomonidan ma'qullandi.
Sessiya kun tartibga qo'yilgan masalalar bo'yicha ishtirokchilar o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi 54-sessiyasiga yakun yasaldi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati