TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIGA ZAMONAVIY KOMPYuTER JAMLANMASI VA YaNGI ADABIYoTLAR TO'HFA ETILDI
2022-04-27 11:20:23 160
TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIGA ZAMONAVIY KOMPYuTER JAMLANMASI VA YaNGI ADABIYoTLAR TO'HFA ETILDI
Yoshlar va aholi o'rtasida kitobxonlikni targ'ib etish bo'yicha So'x tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilishi sohadagi islohotlarni amaldagi ijrosini ta'minlashda juda muhim ahamiyatga ega.
Tuman Axborot-kutubxona direktori Zafarjon G'aniyevning so'zlariga ko'ra, ayni kunda mazkur muassasada 14 nafar mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Tuman ziyo maskanining umumiy fondi 23 023 donani tashkil etadi.
- Kitobxona fondini yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitish maqsadida markazimizga 2 000 dona yangi kitoblar berildi. Hududlardagi 18 ta qo'shma kutubxona bo'limlarda ham kitobxonlikni targ'ib etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tuman hokimi tomonidan markazimiz zaxirasi yana 200 dona yangi adabiyotlar bilan ta'minlandi, - deydi Zafarjon G'aniyev.
Aytish lozimki, tuman AKM texnik salohiyatini ko'tarish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ham Respublika Milliy kutubxonasi rahbariyati tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda.
Tuman kasb-hunar maktabida bo'lib o'tgan tadbirda AKM mutasaddilariga “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi tomonidan yuborilgan 5 dona zamonaviy kompьyuter jamlanmasi va 150 dona yangi adabiyotlar tantanali tarzda topshirildi.
Mazkur arzirli va qimmatbaho sovg'alar bevosita Respublika Milliy kutubxonasi rahbari Teshaboyeva Umida Alamjonovna tomonidan So'x tumaniga taqdim etilganligini ta'kidlagan yoshlar masalalari bo'yicha tuman hokimi o'rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ilhomjon Abdumajidov mazkur sovg'alarni o'z egalariga taqdim etdi. Tadbirda ishtirok etgan tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov ham tuman ziyo tarqatuvchilarini samimiy tabriklab, yangi adabiyotlarni AKM mutaxassislariga taqdim etdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati