XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UChUN O'QUV-SEMINAR
2022-04-27 10:14:03 119
XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UChUN O'QUV-SEMINAR
Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga asosan barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinib, So'x tumanidagi 27 ta mahalla fuqarolar yig'inlariga ushbu lavozimga nomzodlar ochiq tanlov asosida saralab olindi.
Ayni kunda tuman hokimligida xotin-qizlar faoli lavozimiga saralab olgan va tayinanganlarni kasbiy mahorati va malkasini oshirish, nomzodlarni bilim va ko'nikmalarini kengaytirish, kelgusida ular faoliyatini samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida ikki kunlik o'quv seminari tashkil etilib o'tkazilmoqda.
O'quv-seminarning ikkinchi kunida tuman adliya va ichki ishlar bo'limi vakillari tomonidan tanlangan va dolzarb bo'lgan mavzular yuzasidan mashg'ulotlar o'tkazilib, mavzular bo'yicha to'liq va atroflicha ma'lumotlar yetkazildi.
Tuman ichki ishlar bo'limi XPB XKMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonovaning so'zlariga ko'ra, xotin-qizlar faoliyatida huquqiy bilim va ko'nikmalar majmui alohida o'rin tutadi.
Mutaxassislar tomonidan bugungi tadbirda “Zo'ravonlikdan jabrlanganlar huquqlarini himoya qilish va zo'ravonlikning oldini olish”, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritish va daftardan chiqarish tartiblari” mavzulari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati