Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YaNGILANAYoTGAN BEPOYoN KENGLIKLARDA ISh QIZG'IN

×

 2022-04-27 10:05:29    187

PDF yuklash
Chop etish


YaNGILANAYoTGAN BEPOYoN KENGLIKLARDA ISh QIZG'IN

         Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivida viloyat hokimi o'rinbosari J. M. Hatamov boshchiligida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda

         Xabaringiz bor, 1-sektor binosida Jayapayada olib borilayotgan ishlar yuzasidan tashkil etilgan yig'ilishda viloyat hokimi o'rinbosari J. M. Hatamov tomonidan mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlarga tanqidiy nuqtai nazardan baho berilib, ishlarni tizimli etib yo'lga qo'yish va issiqxonalarni namunali etib tashkil etish bo'yicha shtab tashkil etilgan edi.

         Ayni kunda Javpaya massivida berilgan ko'rsatma va topshiriqlar asosida ishlarni yo'lga qo'yish maqsadida tumandagi korxona-tashkilot va muassasalar vakillari toomnidan amaliy ishlar tashkil etildi.

         Massivda bo'lgan J. M. Hatamov tuman hokimi birinchi o'rinbosari I. Tojiboyev bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita ko'zdan kechirdi.

         Qishloq xo'jaligi sohasi vakillari, yo'lsozlik idorasi, tumandagi tijorat banklari, tuman irrigatsiya tizimi xodimlari, favqulodda vaziyatlar bo'limi, bevosita ko'rsatma olgan barcha tashkilot va idoralar vakillari zimmalariga yuklangan vazifalarni bajarishga kirishgan.

         Ta'mintochi korxonalar vakillari bilan uchrashgan viloyat hokimi o'rinbosari ishlarni jadallik bilan olib borish, aniq kalkulyatsiya asosida issiqxonalarni qurib berish bo'yicha o'zining kerakli tavsiya va takliflarini berdi.

         Javpayadagi tashna yerlarga "obi hayot" chiqarish maqsadida ham aniq reja asosida ishlar olib borilyapti. Jamshid Hatamov mutasaddilar bilan suv taqsimlash nuqtasida bo'ldi va bu bo'yicha mutaxassislar bilan so'hbatlashib, ma'lumotlar oldi. Asosiy maqsad bugun issiqxonalarga suv yetkazib berish masalasi ekanligi qayd etildi. Bugungi kunda issiqxona egalariga tuman obodonlashtirish idorasi tomonidan maxsus texnikalar orqali suv yetkazib berilyapti.

         Qurib bitkazilgan issiqxonalarga kuchatlar yetkazib berish, issiqxonalarni maxsus polietilen plyonkalar va to'rli setkalar bilan o'rash masalasi ham muhokama etildi. Xullas, ayni kunda yangilanayotgan va yangilikka yuz tutayotgan Javpaya massivida ish qizg'in - yangi hayot ostonasiga qadam tashlash ildamlik bilan amalga oshirilayotir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati