ASOSIY MAQSAD - YuRT OBODLIGI
2022-04-27 09:56:21 162
ASOSIY MAQSAD - YuRT OBODLIGI
1-SEKTOR HUDUDIDAGI Sohibkor mahallasida joylashgan 27-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi majlislar zalida bo'lib o'tgan yig'ilishda tuman hokimi o'rinbosarlari, tuman korxona-tashkilot, muassasa va idoralar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'ini raislari, 1-sektor hududidagi jome masjidlar imom-xatiblari ishtirok etishdi.
Yig'ilish Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari J. M. Hatamov boshchiligida o'tdi. Viloyat hokimi o'rinbosari tumanda amalga oshirilayotgan obodongarchilik va yerdan samarali foydalanish ishlari, xususan, Qal'acha mahallasining Javpaya massivida barpo etilayotgan issiqxonalarda ishlar sust ketayotganligini tanqid qildi.
- Yerning har bir qarichi, oltinga teng, undan samarali foydalanish Siz bilan bizga bog'liq. Javpayada ishlar o'ta sust tashkil etilgani va sust ketayotganligini nima bilan izohlash mumkin? Hokimiyat tomonidan aholini ish bilan band qilish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Salkam bir oy davomida viloyatimizning turli tuman va shaharlaridan texnikalar safarbar etilib, isiqxona joyi kavlab, tayyorlab berildi. 141 ta issiqxona fuqarolarimizga tarqatib berilishi kerak edi, biroq shu ish ham oqsayapti. Mutasaddi idoralar vakillari, mahalla raislari, imom-xatiblar, issiqxona ishiga bevosita bog'liq bo'lgan fuqarolar, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari nimaga targ'ibot ishlarini bu bo'yicha olib borishmaydi. Qilinayotgan barcha ishlar fuqarolar manfaatini ko'zlab qilinayotganini hamma bilishi va teran anglashi kerak, - dedi Jamshid Hatamov o'z so'zida.
Tuman shtabini Javpaya bo'yicha tashkil etish ishlari yig'ilishda ko'rib chiqldi. So'x tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan tuman shtabi a'zolari bo'yicha ma'lumot berildi. Har bir rahbar va korxona va tashkilot vakillari hisobidan tuman shtabi tarkibi tuzildi.
Ayni kunda mazkur shtab tunu kun ish olib bormoqda va Javpaya massivida umumiy safarbarlik asosida ishlar jarayoni qizg'in olib borilyapti.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati