Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLABAY” IShLASh TIZIMI – KAMBAG'ALLIKDAN ChIQARIShNING MUHIM OMILIDIR!

×

 2022-04-23 17:35:52    162

PDF yuklash
Chop etish


“MAHALLABAY” IShLASh TIZIMI – KAMBAG'ALLIKDAN ChIQARIShNING MUHIM OMILIDIR!

         Muhtaram Yurtboshimiz raisligida joriy yilning 19 aprelь kuni mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta'minlash masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 500 million AQSh dollari va 2 trillion so'mdan ziyod mablag' yo'naltirilishi belgilanganligi ma'lum qilinib, o'z navbatida soha xodimlari uchun soliq ma'murchiligi, tekshiruvlar, ruxsatnomalar tartibi yengillashtirilganligi aytib o'tilganligi bejiz emas. Bu ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo'nalishida faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz uchun ayni muddaodir.

         Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrdagi Farmoniga muvofiq har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha tuman-shahar hokimining yordamchisi lavozimi ta'sis etilganligi, afsuski, ushbu lavozimda ish yuritib kelayotgan ayrim mutasaddilarning kundalik faoliyatlari talabga javob bermayotganligi o'rinli tanqid ostiga olindi.

         Garchi hokim yordamchilari tomonidan oradan o'tgan 3 oy davomida yurtimiz bo'yicha 6 million 900 ming xonadon xatlovdan o'tkazilib, 4 ta toifaga ajratilgan, xonadonlarning 11 foizi kam daromadli, 47 foizi qo'shimcha daromadga ehtiyoji borligi aniqlangan, 6 foizi ijtimoiy himoyaga muhtoj, 36 foizi o'ziga to'q oilalar sifatida ro'yxatga olingan bo'lsa-da, bu boradagi ishlarda hali ham sustkashliklar talaygina. Ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami to'g'risida qayta-qayta g'amxo'rlik qilishga to'g'ri kelyapti. Bu borada mahalliy Kengash deputatlari zimmasida ham katta mas'uliyat bor.

         Oshkora tanqid ruhida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida faoliyatida hali ham aniq natija sezilmayotgan mahallalar xususida ham xolisona so'z yuritildi. Respublikamiz bo'yicha jami 450 ta MFYda ishsizlik darajasi 20 foizdan yuqori ekanligi qayd etildi.

         Yig'ilishda tajribali mutaxassislarni jalb qilib, bunday mahallalardagi hokim yordamchilarini bosqichma-bosqich o'qitish, ularga kasbiy yo'nalishlar berib borish kerakligi ta'kidlandi.

         O'tgan 3 oy ichida har bir mahallaning ixtisoslashuvi aniqlab olingani, endi ushbu mahallalarni ixtisoslashuvi bo'yicha qo'llab-quvvatlash tizimi joriy etilishi videoselektor yig'ilishida alohida ta'kidlandi. Hech shubhasiz, bu borada mahalliy Kengash deputatlari ham o'z faoliyatlariga yangicha yondashgan holda mahallalardagi hokim yordamchilari bilan hamkorlikda hamda yoshlar yetakchilariga yaqindan yordam berib faoliyat olib borishlariga to'g'ri keladi. Barcha bo'g'inlardagi mas'ullar “mahallabay” ishlash tizimi talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borishlari davr talabiga aylangan ekan, mazkur yo'nalishda aniq natijadorlikka erishish uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish talab etilmoqda. Mazkur tizimni yangi bosqichga ko'tarish borasidagi Prezidentimizning tegishli tavsiya, ko'rsatma va topshiriqlari biz uchun muhim dasturilamal bo'lib qoladi.

         MFYlarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari endillikda o'z ishlariga videoselektorda ilgari surilgan maqsad-vazifalardan kelib chiqqan holda yondashishlari zarur. Zotan, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “odamlarni rozi qilmagan, inson qadrini tushunmagan rahbarlarga oramizda o'rin yo'q”.

                   Farruh Enazarov - Xalq deputatlari

                                               Farg'ona viloyati Kengashi deputati