Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI G'AZNOVLIKLAR BILAN UChRAShDI

×

 2022-04-23 17:25:29    53

PDF yuklash
Chop etish


TUMAN HOKIMI G'AZNOVLIKLAR BILAN UChRAShDI

         1-sektor hududidagi G'aznov mahallasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning mazkur mahalla aholisi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Oichq muloqot tarzida bo'lib o'tgan tadbirda mahalla ahli, yoshlar va tegishli korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

         - Aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklar talaygina, Ana o'sha muammo-qiyinchiliklarni birgalikda yengish uchun bizda imkoniyat bor. Mana shu har bir imkoniyatdan samarali foydalangan holda kamchiliklarni bartaraf etishimiz, muammolar yechimini topishimiz lozim, - dedi tuman hokimi tadbir avvalida.

         Shuningdek, mahallaga tayinlangan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyati ham tahlil etildi. Mahalla mutasaddilari bilan hamkorlikdagi ish va amaliyot barcha muammolarning yechimida omil bo'lishi alohida qayd etildi.

         G'aznov mahallasi aholisi ham tuman hokimiga o'zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat etishdi.

         Murojaatlarning asosini Javpaya massividagi suv ta'minoti muammolari, mahalla ichki ko'chalaridagi elektr energiyasi ta'minoti bilan bog'liq muammolar, tungi yoritgichlar o'rnatish masalalari, tabiiy gaz muammosi tufayli qish mavsumiga bugundan boshlab arzon narxdagi O'zbekistonda chiqarilayotgan ko'mir zaxirasini yaratib qo'yish masalasi, eski simyog'ochlarni zamonaviy temir-beton tayanchlar bilan almashtirish, qishloq xo'jaligi ziroatlarini oziqlantirishda lozim bo'ladigan mineral o'g'itlar yetkazib berish, mahallada yoshlar va bolalarning madaniy xordiq chiqarishlari uchun sharoitlar yaratib berish, Prezidentimizning 20-sonli qarori asosida aholiga yer maydonlarini berish jarayonidagi muammolar, doimiy ish joyi bilan ta'minlash, mahallaga tortilgan gaz quvurlarini ta'mirlash masalalari tashkil etdi.

         Muammo va kamchiliklarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli idoralar rahbarlariga topshiriq va vazifalar berildi. Qabulda moddiy yordam so'rab murojaat etgan fuqaroga joyida kumak berildi. Shuningdek, ichki ko'chalarni tungi yoritgichlar bilan ta'minlash masalasi ham qisman hal etildi. Mahallaga obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 5 dona tungi yoritgich yetkazib berildi.

         Javpaya massiviga sug'orish suvi tortilgunga qadar suv yetkazib berish uchun maxsus texnikalar safarbar etilganligi qayd etildi. Tuman hokimi mahalla aholisiga Javpaya massividan 50 sotixgacha ochiq yer maydoni olish va uning istiqbollari haqida ma'lumotlar berdi. Bu bo'yicha fuqarolarni yer maydoni olish uchun targ'ibot ishlarini kuchaytirish hokim yordamchilari zimmasiga yuklatildi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati