Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISLOHOTLAR KO'LAMI YaNADA KENGAYaDI

×

 2022-04-23 13:23:22    77

PDF yuklash
Chop etish


ISLOHOTLAR KO'LAMI YaNADA KENGAYaDI

         Tuman hokimligi majlislar zalida Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari J. M. Hatamov boshchiligida tumandagi korxona-tashkilot va muassasalar, mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda So'x tumanida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va uning natijadorligi tahlil etildi.

         Viloyat hokimi o'rinbosari va tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanimizda Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kunidagi 4798-sonli qarori asosida So'x tumanida keng ko'lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borganligini alohida ta'kidlashdi. Biroq, ushbu qaror asosida olib borilgan ishlar to'laligicha oxiriga yetkazmaganligi ham qayd etildi.

         Qal'cha mahallasidagi Javpaya massivida barpo etilayotgan issiqxonalar majmuasidagi bugungi ahvol, qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlarni o'zlashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, massivda elektr energiyasi va suv ta'minotidagi amalga oshirilayotgan harakatlar ham tahlil etildi.

         Javpaya massivida ishlar ko'lamini yanada kengaytirish, ta'minotchi korxonalar mas'uliyatini issiqxona qurilishi ishlarida yanada kuchaytirish, Respublika "Agrobank" i tomonidan berilgan 700 000 000 so'm mablag'ning to'g'ri sarflanishi, ba'zi issiqxonalarda chala qolib ketgan ishlarni oxiriga yetkazish bo'yicha mutasaddi idoralar rahbarlariga qattiq topshiriqlar berildi.

         - Respublika hukumati va bevosita Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tiborni har bir So'xlik fuqarolarimiz his etishlari va sezishlari lozim. Hali So'x tumanida bunday xayrli islohotlar ko'lami kengayadi va buning barchasi fuqarolarimiz, aziz xalqimizning turmush farovonligini oshirish va ularning mana shu islohotlar samarasidan bahramand bo'lishlari uchun amalga tatbiq etiladi.

         Eslatib o'tamiz, Respublika "Agrobank" i tomonidan 20 dona issiqxona qurish uchun 700 million so'm mablag' ajratilgan va "Agrobank" ning tumandagi bo'limi boshlig'i ma'lumotiga ko'ra, shu bugungacha 15 ta issiqxona tayyor holatga keltirilgan va bank tomonidan barpo etilgan issiqxonalar kam ta'minlangan fuqarolarga bepul beriladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati