Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLAR SAXOVATI

×

 2022-04-23 13:19:30    79

PDF yuklash
Chop etish


TADBIRKORLAR SAXOVATI

         Tul mahalla fuqarolar yig'ini raisi Qahramon Ahmedovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, ayni kunda mahallaning saxovatpesha tadbirkorlari tomonidan o'ziga xos xayriya aktsiyasi tashkil etilmoqda.

         MAHALLADA YaShOVChI tadbirkor Osimjon Rasulov tomonidan kam ta'minlangan va ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolarga 25 dona o'rdak yetkazib berildi. Albatta, ro'zai ramazon kunlarida bunday xayriya amallari ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash yo'lida qilinayotganligi bilan ham ahamiyatlidir.

         Hazrati Ali mahallasida yashovchi saxovatpesha tadbirkor Valijon Tuychiyevning saxovatidan ham bugun 2-sektordagi Sarikanda, Saribozorcha va Hazrati Ali mahalallaridagi ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolar bahramand bo'lishayotir. Saxovatpesha tadbirkor homiyligida 50 dona un mahsulotlari ehtiyojmandlarga tarqatib berildi.

         Valijonning doimiy homiyligida ehtiyojmand fuqarolar qo'llab-quvvatlanmoqda.

         Yaxshilarning yaxshiligini yaxshi niyat bilan odamlarga yetkazish ham yaxshilik nishonasidir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati