Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh YO'LIDA

×

 2022-04-23 13:15:10    105

PDF yuklash
Chop etish


XOTIN-QIZLAR FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh YO'LIDA

         Aytish lozimki, oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini yanada oshirishga ko'maklashish borasida qabul qilingan normativ hujjatlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, yangi tashkil etilgan Qo'mita oldidagi vazifalar tizimli ravishda amalga oshirilishi uchun har bir hududdagi oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosarlarning mas'uliyatini yanada oshirish muhimligi davr talabidir.

         Shuning uchun, Respublikamiz hududlarida mahallalar xotin-qizlar faollari lavozimiga saylangan nomzodlar uchun 3-bosqichli maxsus o'quv kurslari tashkil etilib, o'tkazilmoqda.

         Uch bosqichli maxsus o'quv-reja dasturiga qator vazirlik va idoralardan mas'ul rahbarlar jalb etilgan. Tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Madina Safarovaning ma'lumotiga ko'ra, tuman hokimligida onlayn tarzda tashkil etilgan o'quv seminarda tumanning 21 ta korxona va tashkilotlaridan jalb etilgan mutaxassislar ishtirok etishyapti.

         Mutaxassislarga mo'ljallangan o'quv seminar bugun va ertaga bo'lib o'tadi. Bugungi o'quv seminar tinglovchilari 25 dan 30 aprelьgacha mahalalarda tashkil etiladigan maxsus o'quv kurslarida o'z sohalari bo'yicha mahalalarga tayinlangan xotiin-qizlar faollariga mashg'ulotlar o'tkazishadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati