Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YoShLAR IShLARI AGENTLIGI KUBOGI” OChIQ TURNIRI BIRINChI BOSQIChI BOShLANDI

×

 2022-04-18 17:34:53    96

PDF yuklash
Chop etish


“YoShLAR IShLARI AGENTLIGI KUBOGI” OChIQ TURNIRI BIRINChI BOSQIChI BOShLANDI

         Respublikamizda shaxmat sportini yanada kengroq targ'ib qilish va yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish, havaskorlar va yosh shaxmatchilarning sport malakalarini oshirish, o'quvchilarni o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko'maklashish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish va madaniy-sport aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” ochiq turnirini o'tkazish belgilangan.

         Musobaqa NIZOMiga ko'ra, hududlarda shaxmat bo'yicha bellashuvlar 5 bosqichda o'tkaziladi. O'zbekiston Yoshlar ishlar Agentligi So'x tumani bo'limi rahbari Isojon Mastonovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, bugundan mahallalarda turnirning birinchi – mahalla bosqichiga start berildi. Musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish bevosita mahallalarning yoshlar yetakchilari zimasiga yuklatilgan.

         Turnir mahalla, sektor, tuman (shahar), hududiy bosqichlarda o'tkazilib, bu kesimlardagi g'oliblar oxirgi – Respublika bosqichiga yo'llanma oladilar.

         Turnirlarni tashkil etish va umumiy rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi va Sky Chess shaxmat maktabi tomonidan amalga oshiriladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati