“KITOBXONLIK HAFTALIGI”GA START BERILDI
2022-04-18 17:26:53 128
“KITOBXONLIK HAFTALIGI”GA START BERILDI
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori va viloyat hokimining bayonnomasiga asosan, joriy yilning 18-23 aprelь kunlari "Kitobxonlik haftaligi" deb e'lon qilindi.
Bugun So'x tumani axborot-kutubxona markazida ushbu haftalikning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda So'x tumani hokimi Sayibahrom Sayidmusayev, IIB boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman hokimining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Ilhom Abdumajidov, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rahbari Gulshan Ibragimovlar ishtirok etdilar.
1-sonli O'O'T maktabi o'quvchilari ishtirokida tuman hokimi so'z olib, Respublikamizda kitobxonlikni keng targ'ib qilish va ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qilishini ta'kidladi. Tuman Axborot kutubxona markazining mutaxasis hodimlari, yig'ilgan kitobxonlar va faol ishtirokchilarga o'z tilaklarini bildirdi.
Tuman Axborot-kutabxona markazi direktori Zafarjon G'aniyevga kompyuter jamlanmasi taqdim etildi. "Kitobxonlik haftaligi" doirasida tuman hokimi Axborot kutubxona markaziga 200 ta kitob sovg'a qildi. – Sovg'larimiz bu bilan tugamaydi. Maqsadimiz tuman Axborot-kutubxona markazi fondini yangi adabiyotlar bilan boyitishdan iborat,- dedi tuman hokimi tadbir davomida.
Tadbirda 200 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Haftalik doirasida mahallalarda, ta'lim muassasalari, korxona hamda tashkilotlarda turli adabiy kechalar, davra suhbatlari, kitob taqdimotlari, targ'ibot-tashviqot ishlari, viktorinalar, o'quvchilar o'rtasida turli tanlovlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir so'nggida Sayibaxrom Sayidmusayev faol ishtirokchilarga va bilimdon kitobxonlarga esdalik sovg'alari taqdim etdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati