Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"JASUR" JAMOASI TAQDIRLANDI

×

 2022-04-18 17:20:17    166

PDF yuklash
Chop etish


"JASUR" JAMOASI TAQDIRLANDI

         Xabaringiz bor, tumanimizning 1-sonli umumuiy o'rta ta'lim maktabining o'quvchilari Farg'ona shahrida o'tkazilgan "Vatanparvar" harbiy-sport musobaqasida qatnashib, faxrli 2-o'rinni egallashdi.

         Mazkur musobaqa O'zbekiston  Respublikasi Mudofaa vazirligi, Yoshlar  ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Xalq  ta'limi  vazirligi hamda ”Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining 2022-yil 22-fevraldagi ”Yoshlar o'rtasida mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish va  o'tkazish to'g'risida” qo'shma qarorlarlari asosida tashkil etilib, o'tkazildi.

         Bugun mazkur ta'lim dargohida bo'lib o'tgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom SayIdmusayev va tuman sektorlari rahbarlari qatnashib, o'quvchilarni bu muvaffaqiyat bilan tabriklashdi.

         Mazkur tanlov ishtirokchilariga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va homiy tashkilotlarning qimmatbaho sovg'alari taqdim etildi.

         "Jasur" jamoasi rahbari, 1-sonli UO'T maktabi direktorining vatanparvarlik ro'hida  tarbiyalash buyicha direktor o'rinbosari Urunov Sanjarbek Zafarovich hamda 4-sonli umumta'lim maktabi direktorining vatanparlik rӯhida yoshlarni tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari Rauf Sunnatov va So'x tumani Mudofaa ishlari bo'limi chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash bo'limi boshlig'i Rasulbek Muhiddinovlarga  O'zbekiston jangchi faxriylar (baynalmilalchi) birlashmasining "Yoshlarni Vatanparvarlik ro'hida tarbiyalash uchun" medali topshirildi. Shuningdek, barcha jamoa a'zolariga tanlovning medallari ham taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati