HAMKORLIK UFQLARI KENGAYMOQDA
2022-04-18 17:09:36 156
HAMKORLIK UFQLARI KENGAYMOQDA
Tuman hokimligida So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida Qirg'iziston respublikasi Batken rayoni ma'muriyati vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Aytish lozimki, bunday uchrashuv va o'zaro muloqotlar ikki davlat o'rtasidagi do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.
Ikki davlat rahbarlari - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev va Qirg'iziston Respublikasi prezidenti S. N. Japarov boshlab bergan do'stlik va hamkorlik munosabatlari bugun yangi bosqichga ko'tarilayotgani bilan ham ahamiyatldir.
Tuman hokimligida bo'lib o'tgan o'zaro do'stona uchrashuvda ikki tuman huquq-tartibot, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, hokim o'rinbosarlari va barcha sohalar vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv chog'ida So'x tumanida Qirg'iziston respublikasi tadbirkorlik doirasi vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etish, ikki davlat sportchilari o'rtasida sportning turli sohalari bo'yicha sport musobaqalarini o'tkazish, savdo-sotiq, turizm sohalarini rivojlantirish, logistika imkoniyatlaridan foydalangan holda ikki tomonlama eksport-import sohasini rivojlantirish, tibbiyot va qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o'zaro tijorat yo'nalishidagi hamkorliknining qonuniy tamoyillarini yo'lga qo'yish yuzasidan fikrlar almashildi va barcha tilga olingan sohalarni rivojlantirishga kelishib olindi.
Mazkur tadbir davomida xalqlarimiz o'rtasidagi o'zaro do'stona munosabatlarni yanada kuchaytirish, suv ta'minotidagi masalalarni hamkorlikda hal qilish, bu bo'yicha ikki davlat do'stligi ramzi sifatida uchrashuv va hasharlar tashkil etish yuzasidan ham takliflar bildirildi. Chegara munosbatlari va chegaradagi muammolar qonunda belgilangan tartibda, o'zaro kelishuvga binoan hal etilishi qayd etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati