Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“JASUR” JAMOASI VILOYaT BOSQIChIDA

×

 2022-04-18 16:56:05    102

PDF yuklash
Chop etish


“JASUR” JAMOASI VILOYaT BOSQIChIDA

         Farg'ona shahrida joylashgan Farg'ona dala poligonida O'zbekiston  Respublikasi Mudofaa vazirligi, Yoshlar  ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Xalq  ta'limi  vazirligi hamda ”Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining 2022-yil 22-fevraldagi ”Yoshlar o'rtasida mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish va  o'tkazish to'g'risida” qo'shma qarorlarlari asosida viloyatdagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quvchilari o'rtasida “Vatanparvar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

         1-sonli UO'T maktabi ChQBT yetakchisi, "Jasur" jamaosi murabbiyi Sanjarbek O'runovning ma'lumotiga ko'ra, harbiy-sport musobaqasining yakuniy natijasiga ko'ra, 1-o'rinni Beshariq tumani jamoasi, 2-o'rinni So'x tumani jamoasi va 3-o'rinni Quvasoy shahar jamoasi egalladi.

         Tadbir so'ngida g'oliblar tashkilotchilar va hamkor tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

         Eslatib o'tamiz, So'x tumani jamoasining mazkur tanlovlardagi ishtiroki an'ana tusini olgan. Hatto bizning jamoamiz Respublika miqyosida ham faol ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati