Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 134 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUAMMOLAR TIZIMLI HAL ETILADI

×

 2022-04-15 16:59:59    136

PDF yuklash
Chop etish


MUAMMOLAR TIZIMLI HAL ETILADI

         Maktab ta'limini ko'rmagan millat tanazzulga yuz tutishi sinalgan hayotiy haqiqat hisoblanadi. Shuni quvonch bilan ayta olamizki, Respublikamizda ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Prezidentimizning “Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” degan so'zlari barcha muallim va o'qituvchilar manfaati, farzandlarimiz kelajagini ko'zlab aytilgani ham soha vakillariga kuch va g'ayrat bag'ishlaydi.

         Biroq, o'qituvchi va muallimlarimiz yo'lida ba'zi bir ko'rinmas g'ov va to'siqlar borki, ta'lim sohasiga umrini bag'ishlagan insonning ro'hiyatiga salbiy ta'sir o'tkazmay qolmaydi. Buni ta'lim boshqa tillarda olib borilayotgan maktablar misolida ko'rishimiz mumkin. Aniqrog'i, ushbu muammolarga bu yili boshlang'ich sinflarda tojik tilida dars beradigan o'qituvchilar o'tkazilgan attestatsiya jarayonlarida duch keldilar. Biroq, hozir ushbu muammolar haqida gapirmaymiz. Chukni bu muammoni hamma biladi va e'lon qilgan maqolalarimiz orqali bilib olishdi.

         Quvonarlisi, muammo o'zining ijobiy yechimini topdi. Murojaatlardan keyin. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o'ziga bildirilgan murojaatlardan so'ng.

         Saidov Baxtiyor Odilovichning So'x tumaniga tashrifi chog'ida tumandagi ba'zi maktablarda olib borilayotgan ta'lim-tarbiya ishlari o'rganildi. Maktablardagi holat ko'zdan kechirildi. O'qituvchilarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishgan xalq ta'limi vaziri talabalar bilimini ham imtihondan o'tkazdi. Olti nafar eng faol o'quvchilarga vazirning sovg'asi – noutbuklar taqdim etildi. Vazir ko'rsatmasiga asosan 2, 21 va 29-sonli umumta'lim maktablarga kompьyuter jamlanmasi to'hfa etildi. Bu albatta, muvaffaqiyat - tuman halq ta'limi xodimlarining muvaffaqiyati.

         Maqola boshida ba'zi bir kamchilik va muammolar haqida gapirildi. Ayni xalq ta'limi vaziriga murojaat sifatida yetkazilgan ana o'sha mammo va kamchiliklar o'zining ijobiy yechimini topdi va topmoqda.

         1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchisi Mullojon Fayzidinov tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar bevosita vazir ko'rsatmasiga asosan murojaat qilgan o'qituvchi bilan birgalikda o'rganildi va hal etish choralari ko'rilyapti.

         Xalq ta'limi vaziri ko'rsatmasiga asosan salkam bir hafta davomida Toshkent shahrida bo'lgan Mullojon bir olam yangilik va xushxabar bilan tumanimizga qaytdi.

         - So'xlik muallimlar nomidan vazirlikka 21 punktdan iborat muammolar bilan murojaat etgandik. Biz salkam bir hafta Toshkentda bo'ldik va barcha muammolar yechimi yuzasidan xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim standartini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Respublika ta'lim markazi, Toshkenti shahar malaka oshirish instituti rahbariyati, A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti vakillari, Chirchiq davlat pedagogika instituti muallimlari, xalq ta'limi vaziri maslahatchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikdla ishladik. Safar natijasi qoniqarli. Yo'limizga g'ov bo'lib turgan ko'rinmas muammolarni bartaraf etilishida bizga juda katta ko'mak berishdi, - deya so'z boshladi Mullojon Fayzidinov.

         Eng dolzarb bo'lgan masala - tojik tilida dars beradigan boshlang'ich ta'lim ӯqituvchilari shikoyatlarini o'rganishda samarali natijaga erishildi. Joriy yilning 1-iyuniga qadar tojik tilida metodika o'quv qo'llanmalari yo'qligi hamda tojik tilida malaka oshirish kurslari bo'lmaganligi sababli o'tkazilgan attestatsiya jarayonida metodika fanidan tushgan ayrim savollarga qo'shimcha ball qo'shib beriladigan bo'ldi.

         Aytganimizdek, millatning borligi, uning jamiyatdagi mustahkam mavqei unga nisbatan bo'lgan e'tibor va e'tirof samarasidir. Prezidentimiz tomonidan ayni ushbu sohaga berilayotgan e'tibor har birimizning qalbimizda shu aziz Vatanga bo'lgan cheksiz mehr va ehtiromimizni oshiradi.

         Salkam bir hafta davomida barcha murojaat va muammolar tashkil etilgan ekspert guruhi tomonidan tekshirildi. Yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklarning  sabablari o'rganildi.

         - Biz  har bir So'xlik muallimlar nomidan salkam bir hafta biz bilan yelkama yelka bo'lgan, bizga ko'makdosh bo'lgan, bizni qo'llab-quvvatlagan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim standlartini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bo'limi boshlig'i Rashidjon Tojiyev, Respublika ta'lim markazi metodisti Jumanazar Eshonqulov, Toshkent shahar malaka oshirish instituti dotsenti Gulshan Mamatova, A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ayubxon Radjiyev, xalq ta'limi vaziri maslahatchisi G'ayrat Shoumarov, Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, jurnalist Hikmat Hikmatov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, professor Tavakkal Choriyev, Sӯx tuman 9-sonli umumta'lim maktab o'qituvchisi Daler Muhammadjonovlarga va ta'lim inspeksiyasining barcha xodimlariga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Chunki bu insonlar bizga bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan amaliy ko'mak berishdi, - deydi Mullojon Fayzidinov.

         - So'x tumani va So'x xalqi haqida vazir maslahatchisi G'ayrat Shoumarov tomonidan bildirilgan samimiy fikrlar bizni rosa quvontirdi. G'ayrat Shoumarov uchun So'x tumani begona emasligini bizga vazir maslahatchisi o'zlari bayon etdilar.

         – “So'x mard va tanti, mehnatsevar va g'ururli, oriyatli insonlar Vatani. Men So'xda bo'lganman va bir necha maktablarda bo'lib, So'xlik o'qituvchi va talabalar bilan so'hbatlashganman. So'x men uchun begona emas, chunki u yerda meni do'stu birodarlarim yashashadi, - deydilar bizga vazir maslahatchisi”,- dedi biz bilan so'hbatda o'zida yo'q Mullojon.

         Darhaqiqat, Yurtboshimiz tomonidan maktab ishiga berilayotgan e'tibor, ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va muallim mavqeini jamiyatda mustahkamlanishi muammolar yechimida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

         Muammolar yechimida esa, birdamlik lozim. Yosh o'qituvchi Mullojon Fayziddinovdek o'z fikrini bemalol bildira oladigan, taklif berish va uning amalga oshirish mexanizmlarini biladigan, mas'uliyatli va bilimli kadrlar borligi ham ta'lim sohasining yutug'i hisoblanadi.

         Darvoqe, O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri Saidov Baxtiyor Odilovich ko'rsatmasiga asosan A. Avloniy nomidagi institut saytining platformasida tojik tilida yangi sahifa ochildi va yosh muallim Mullojon Fayzidinov mazkur sahifa mas'ul etib tayinlandi. Ishonamizki, So'x tumani o'qutvchilari ham o'z salohiyatlarini Respublika miqyosida namoiysh etishadi. Buning uchun vaqt keldi va imkoniyatdan foydalanish muallimlarimizning salohiyatiga bog'liq.

         Yana bir muhim jihat: Respublika xalq ta'limi vaziri maslahatchisi G'ayrat Shoumarov bilan "Tojik tili ta'limi va maktablardagi muammolar tӯg'risida takliflar" mavzusida fikr almashgan yosh o'qituvchi Mullojon Fayzidinov ham ushbu boshlagan ezgu maqsadli ishda mas'uliyat va qunt bilan harakat qilishi lozim.

         21 punktdan iborat "Tojik tili ta'limi va maktablardagi muammolar to'g'risida takliflar" bo'yicha xalq ta'limi vaziri Saidov Baxtiyor Odilovich shaxsan o'zi shug'ullanishini bildirgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati