Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"YaShIL MAKON" UMUMIMILLIY LOYIHASI SO'X TUMANIDA

×

 2022-04-15 16:53:12    59

PDF yuklash
Chop etish


"YaShIL MAKON" UMUMIMILLIY LOYIHASI SO'X TUMANIDA

         "Yashil makon" umumimilliy loyihasi doirasida So'x tumanida ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda, ayniqsa, mahalla fuqarolar yig'inlari, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashtirilgan sub'ektlarga terak qalamchalari ekish jadallik kasb etgan.

         Tuman hokimligida ham ushbu yo'nalishda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan tuman hokimligi hovlisida ko'chat ekish tashkil etilib, barcha xodimlar ishtirokida bodom daraxtining ko'chatlari o'tqazildi.

         Ma'lumot uchun: Shu kungacha tuman hududida qalamcha ekish 358,6 ming donaga, terak ko'chati o'tqazish 20,2 ming donaga, mevali darxatlar ko'chati 52,0 ming to'p, manzarali daraxtlar ko'chati o'tqazish 5,9 ming donaga bajarilgan.

         So'x tumani buyicha “Yashil  makon” umumimilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt va buta ko'chatlari hamda qalamchalarning ekish ishlari davom etmoqda.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati