Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Farzand muvaffaqiyatidan sarfaroz ONA!

×

 2022-04-15 16:47:55    86

PDF yuklash
Chop etish


Farzand muvaffaqiyatidan sarfaroz ONA!

         Tumanimizda "Yoshlar ovozi" tanlovining tuman bosqichi ham yakunlandi.

         Mazkur tanlovda telegram-bot orqali 2 300 nafar yoshlar ro'yixatdan o'tib, mahallalar kesimidagi tanlovda 492 nafar yosh iste'dodlar qatnashdi. Tuman bosqichiga 36 nafar yosh san'atsevarlar yetib kelib, 9 nafari viloyat bosqichiga yo'llanma oldilar.

         Tanlov ishtirokchilari orasida ustoz-shogirdlar ham bor. Opera yo'nalishi bo'yicha 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o'qituvchisi Bobousuf Usufov birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, shogirdi Amirxon Azamjonov akademik xonandalik bo'yicha fa'ol ishtirokchi deb tan olindi.

         - Farzandim muvaffaqiyatidan xursandman. Hayotidagi birinchi sinovdan o'tdi Amirxon. Hali oldinda katta muvaffaqiyatlar kutyapti farzandimni. Bu yo'lda Amirxonimga faqat va faqat omadlar tilayman, - deydi cheksiz quvonch ila Dilafro'z Sherova.

         Eslatib o'tamiz, yaqin kunlarda tuman hokimi tashabbusi bilan tuman madaniyat markazida "YoShLAR OVOZI" ishtirokchilarining gala-kontserti o'tkaziladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati