Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YaNGI DAVLAT MAKTABGAChA TAЪLIM TAShKILOTI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

×

 2022-04-11 13:10:04    66

PDF yuklash
Chop etish


YaNGI DAVLAT MAKTABGAChA TAЪLIM TAShKILOTI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

         Keyingi yillarda davlatimiz, bevosita Prezidentimiz tashabbus va rahnamoligida maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish, sohada keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish, o'sib kelayotgan barkamol avlodning ta'lim-tarbiya olishiga e'tibor qaratish, sohada zamon talablariga xos va mos bo'lgan texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, rivojlanishda nuqsoni bor, nogiron bolalarga ushbu yo'nalishda alohida e'tibor qaratish va ularning reabilitatsiyasi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berish yuzasidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

         Bu borada Respublikamizning eng olis va chekka hududlarida ham arzirli ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, viloyatimizning jannatmakon go'shasi -  So'x tumanida ham.

         Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustdagi So'x tumanini komleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida tumanda 180 o'ringa mo'ljallangan qo'shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o'rin) va 4 ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o'rin) mo'ljallangan) davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish belgilab berilgan.

         Mazkur muassasani barpo etish ishlari o'tgan yili boshlanib, qurilish ishlarining maydoni Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inidan tanlab olingan edi.

         Mutaxassislarning ma'lumotiga ko'ra, mazkur muassasaning qurilishiga davlatimiz byudjetidan so'm 7 milliard 300 million so'm yo'naltirib, qurilish ishlari “Jahon qurilish invest” MChJ zimmasiga yuklatilgan. Salkam olti oy davomida Hazruti Ali mahallasida yangi, zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti barpo etildi va mazkur muassasa foydalanishga topshirildi.

         Taqdimot marosimida O'Zbekiston kasaba uyushmalari Farg'ona viloyati boshqarmasi vakillari, tuman hokimi, tuman sektorlari rahbarlari, korxona-tashkilot va muassasalar xodimlari, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

         Muassasaning ramziy lentasi mehmonlar va nuroniy otaxonlar ishtirokida samimiy tilaklar ila qirqildi.

         Muassasa bilan tanishgan tadbir ishtirokchilari davlatimiz rahbari tomonidan barkamol avlod tarbiyasiga berilayotgan e'tibor bejiz emasligi va buning zamirida yangi O'zbekistonning kelajagi mujassamligini yana bir karra qayd etishdi.

         Tadbirda so'z olgan mehmonlar va tuman hokimi Prezidentimiz tomonidan So'x tumani rivoji va ravnaqiga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, bu e'tibor zamirida mehnatkash xalqning manfaati mujassam ekanligini ta'kidladilar. – Berilayotgan e'tibor va g'amxurliklar uchun Prezidentimizga butun So'x xalqi nomidan minnatdorlik bildirib, buyuk Vatan gullab-yashnashiga So'xliklar ham o'z hissalarini  qo'shadi deb va'da beramiz, - dedi tuman hokimi so'zlari davomida.

         Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini hududida foydalanishga topshirilgan 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotidagi 6-ta uzun soatli guruhlarda 180-nafar hamda 2-ta qisqa muddatli guruhlarda 60-nafar, jami 240-nafar maktab yoshidagi bolajonlar tarbiya olishadi. 

         Eslatib o'tamiz, 2020 yil yakuniga qadar tumanda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovi 37 foizni tashkil etgan. Bugungi kunga kelib, bu ko'rsatgich 75, 3 foizni tashkil etadi va tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 5 283 nafarni tashkil etadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati