TAShRIF
2022-04-11 13:01:55 150
TAShRIF
Bugun So'x tumaniga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Rafikov Kudratilla Mirsagatovich va Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ozoda Parpibayevalar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni tuman aerodromidan qabul qilgan viloyat hokimi Xayrullo Hayitboyevich Bozorov boshqa mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda tumanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish va bunyodkorlik ishlari jarayonini ko'zdan kechirdilar.
Tashrif chog'ida
Tumanning Istiqlol mahallasida qurilayotgan bolalar sog'lomlashtirish oromgohi va Qal'acha mahallasidagi Javpaya massiviga Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Istiqlol mahallasida O'Zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan qurilayotgan, qiymati salkam 30 milliard so'm bo'lgan bolalar sog'lomlashtirish oromgohida bo'lgan mehmonlar mazkur inshootda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Mehmonlar ishtirokida mazkur loyiha taqdimoti bo'lib o'tdi.
Mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirib, barcha ishlarni sifatli etib bajarish, bolalarga yil bo'yi oromgohda dam olishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratib berish yuzasidan Rafikov Kudratilla Mirsagatovich o'zlarining tavsiya va ko'rsatmalarini berishdi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bo'lib o'tgan ochiq muloqotda So'x TV guruh rahbari Farhodjon Mirsharipov tomonidan tumanda yoshlar uchun 1 000 o'rinli amfiteatr qurish taklifi berildi va ushbu taklif O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Rafikov Kudratilla Mirsagatovich tomonidan ma'qullandi va Federatsiya hisobidan taklif etilgan inshoot qurilishi uchun 1 milliard so'm mablag' yo'naltiriladigan bo'ldi.
So'x tumani faxriylari va nuroniylari bilan uchrashuv chog'ida So'x tumanida bevosita Prezidentimizning ko'rsatmalariga asosan nuroniylar uchun dam olish maskani qurilishi haqida fikrlar bildirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan so'hbatlashgan nuroniy otaxon Subhiddin Sharofiddinov berilayotgan barcha e'tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirib, minnatdorlik hissini she'rlar bilan izhor etdilar.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivida 1 000 gektar yer o'zlashtirilib, issiqxonalar majmui va namatak plantatsiyasi barpo etilmoqda. Mehmonlar tashrif chog'ida Javpaya massivida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirib, issiqxona va yer olib mehnat qilayotgan fuqarolar bilan so'hbatlashdilar.
Tuman madaniyat markazining majlislar zalida bo'lib o'tgan tadbirda mehmonlar tuman faollari va yaqinda mahallalarda faoliyat boshlgan xotin-qizlar faollari bilan uchrashdilar. Barcha tayinlangan 27 nafar hotin-qizlarga Federatsiya tomonidan noutbuk sovg'a qilindi. Uch nafar kam ta'minlangan va ijtimoiy kumakka muhtoj xotin-qizlarga Federatsiya raisi tomonidan tikuv mashinkalari sovg'a qilindi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati