Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ TA’LIM VAZIRLIGI SOVG'ASI TOPShIRILDI

×

 2022-04-11 12:04:25    52

PDF yuklash
Chop etish


XALQ TA’LIM VAZIRLIGI SOVG'ASI TOPShIRILDI

         Xabaringiz bor, o'tgan hafta tumanimizga tashrif buyurgan O'Zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri Saidov Baxtiyor Odilovich bir qator ta'lim muassasalarida bo'lib, ta'lim muassasalari pedagogik jamoasi va o'quvchilari bilan uchrashib, maktablardagi muammo-kamchiliklarni ham o'rgangan edi.

         Tashrif chog'ida tumanning 1, 2, 19, 21-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida olib borilayotgan ishlarni o'rganish barobarida, maktab o'quvchilarining bilim darajasi ham sinovdan o'tkazilib, 6 nafar maktab o'quvchilariga 6 dona noutbuk sovg'a qilingan edi.

         Shuningdek, xalq ta'limi  vaziri ko'rsatmasiga asosan 1, 2, 21 va 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablariga kompьyuter jamlanmalari yetkazib berilishi ta'kidlangan edi.

         Kecha tumanimizga xalq ta'limi vazirining sovg'alari - 16 donadan kompьyuter jamlanmasi yetib keldi va tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida mazkur zamonaviy dastgohlar nomi zikr etgan maktablar jamoasiga taqdim etildi.

         29-sonli Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan maktabda bo'lib o'tgan tadbirda Respublika Prezidenti tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor haqida so'z bordi. Tumanimiz hududlarida qad rostlayotgan va qurib, foydalanishga topshirilgan ta'lim muassasalari ham mazkur e'tibor natijasi ekanligi qayd etildi. Maktab direktori va faol o'quvchilarga kompьyuter jamlanmasi topshirildi.

         So'x tumani hokimi shuningdek, maktabda olib borilayotgan obodonlashtirish va ta'lim-tarbiya ishlari bilan ham qiziqdi. Direktor Amirjon Temirovning so'zlariga ko'ra, maktab pedagogik jamoasi "yashil makon" umumimilliy loyihasini tatbiq etishda ham faollik ko'rsatishayotir. Maktabda shuningdek, mevali daraxtlar va malina bog'i tashkil etilgan. Tuman hokimi bilan birgalikda maktab hovlisiga terak qalamchalari ekildi.

         Bir soat dars jarayonida ishtirok etgan tuman hokimi o'quvchi yoshlar bilim darajasini sinovdan o'tkazdi, ularning qiziqishlari bilan qiziqdi.

         Eslatib o'tamiz, O'Zbekiston Respublikasi xalq ta'lim vazirining ko'rsatmasiga asosan 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga ham kompьyuter jamlanmasi yetkazib berilishi belgilangan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati