"YaShIL MAKON" UMUMIMILLIY LOYIHASIDA ONAXONLAR HAM FAOL
2022-04-11 11:29:22 121
"YaShIL MAKON" UMUMIMILLIY LOYIHASIDA ONAXONLAR HAM FAOL
Respublikamizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan ezgu va xayrli amal - daraxt ekish - "yashil makon" umumimilliy loyihasi doirasida ayni kunda tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig'inlarida tashkilot, korxonalar va fuqarolar o'y-manzillarida keng ko'lamli ishlar olib borilayotir.
1 martdan boshlangan aktsiya - "Yashil yillik" loyihasi ham ayni mana shu ezgu maqsadlarni o'zida mujaassam etgan.
- Respublikamiz hududida terak qalamchalarini ekish, uni parvarishlash va ekilgan daraxtlar hisobidan olingan daromadni mahalla manfaatlariga yo'naltirish bizga juda katta motivatsiya berdi. Chunki mahalla hududida oborotdan chiqib ketgan, qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlar juda ko'p. Shuningdek, mahalla idorasi hovlisida ham shu ishni yo'lga qo'ydik. Bir kunda 4 000 to'pdan ortiq terak qalamchalari ekdik, - deydi Devayron mahalla fuqarolar yig'ini raisi Rahmonjon Boboyev.
Bunday xayrli ishlarda bugun nuroniy onaxonlarimiz ham faollik ko'rsatishayotir. G'aznov mahalla fuqarolar yig'inidagi bir guruh onaxonlar yaxshi niyatlar va ezgu tilaklar bilan mevali daraxtlar ko'chatini o'tqazdilar.
- Kelajak avlodga bizdan shirin mevali daraxtlarning hosili arzirli meros sifatida qolsin. Albatta bu mevalarning hosilidan birinchi bo'lib o'zimiz iste'mol qilamiz, - deya duoga qo'l ochishdi onaxonlarimiz.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati