SO'XLIK TALABALARNING SAYoHATI TAShKIL ETILDI
2022-04-04 12:28:05 153
SO'XLIK TALABALARNING SAYoHATI TAShKIL ETILDI
“Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi”. Darhaqiqat, maktab jamiyat inshootlari ichida eng buyuklaridan sanalib, Respublikamizda ta'lim-tarbiya masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani yuqoridagi fikrlarimiznining isbotidir.
O'qituvchi mehnatini munosib rag'batlantirish barobarida o'quvchi yoshlarga ham e'tibor berish masalasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yo'nalishda So'x tumanida ham e'tirof etishga loyiq ishlar qilinayotir.
Sharqobod va Lenbur mahallalardagi maktablarda bo'lgan va talabalar bilan uchrashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev maktablarning faol talabalarini Qo'qon shahriga sayohatga yuborish masalasini ta'kidlagan edi.
Tuman hokimi tashabbusi va bevosita amaliy yordami bilan 15 va 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari 5 va 6-sinf o'quvchilarining Qo'qon va Rishton shaharlariga sayohati tashkil etildi. Mazkur sayohatni tashkil etilishida tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyevning ham hissasi beqiyos.
Tuman Yoshlar ittifoqi rahbariyati boshchiligida o'quvchilarimiz Qo'qon shahrida bo'lishdi. Shaharning diqqatga sazovor bo'lgan joylari va ayniqsa, shahardagi “Buyuk allomalar muzeyi” ga tashkil etilgan ekskursiya bolajonlar qalbida katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, talaba yoshlar Rishton shahrida ham bo'lib, bu shaharning ham turli go'shlariga sayohat etishdi. Shahar istirohat bog'iga tashkil etilgan ekskursiya ham juda maroqli o'tdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati