Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IQTIDORLI FUTBOLChILAR ANIQLANDI

×

 2022-02-28 20:18:19    48

PDF yuklash
Chop etish


IQTIDORLI FUTBOLChILAR ANIQLANDI

         Yoshlar qudratli davlatimizning ertangi kuni, yangi O'zbekistonimizning poydevori sanaladi. Zero, ularning sog'lom va komil inson bo'lib voyaga yetishlari mamlakat istiqbolini belgilab beradi.

         Shu ma'noda, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini hayotga joriy etishda Davlat xavfsizlik xizmati ham o'zining sezilarli hissasini qO'shib kelmoqda.

         Joriy yilning fevral oyidan boshlab, Farg'ona viloyatida mini-futbol bO'yicha "DXX kubogi" o'tkazib kelinmoqda. Shu jumladan Farg'ona viloyati SO'x tumanida ham ushbu turnir a'lo darajada tashkillanmoqda.

         Xususan, tumanning Sarikanda mahallasida yoshlar o'rtasida ko'chabay futbol bo'lib o'tdi. Unda 18-30 yosh oralig'idagi yoshlardan iborat 16 ta jamoa munosib ishtirok etdi.

         Ko'chalar kesimida tashkil topgan eng kuchli 16 ta jamoa 26-27-fevral kunlari 4-sonli maktab stadionida "DXX kubogi" uchun o'zaro kuch sinashdi. E'tiborli jihati ushbu turnir mahalla yoshlari tomonidan juda katta ishtiyoq bilan qabul qilinib, mahallaning 300ga yaqin ishtirokchi va muxlislarini jalb etdi.

         Birinchi o'rinni egallagan "Chordara" ko'chasi jamoasi Yoshlar Ishlari Agentligining Sarikanda MFYdagi yetakchisi Hasanov Hayitboy va mahalla raisi Bahodir Safoyev tomonidan diplom va esdalik sovg'a bilan taqdirlanib sektorga yo'llanma berildi.

         Shuningdek, “Eng yaxshi o'yinchi”, “Eng yaxshi to'p urar”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi hakam” nominatsiyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlanadi.

         “Sog'lom yoshlar - yangi O'zbekiston kelajagi” shiori ostida o'tkazilayotgan ushbu musobaqalar yoshlarimizning o'z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun yana bir imkoniyat sanaladi.

         Ta'kidlash lozimki, "DXX kubogi"ni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, shuningdek, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati