OILANI SAQLAB QOLISh – BIR BUTUN BAXT DEMAKDIR
2022-02-26 17:45:19 172
OILANI SAQLAB QOLISh – BIR BUTUN BAXT DEMAKDIR
Oila muqddas dargoh. Uni asrab-avaylash va uning mustahkamligini ta'minlashdagi har bir harakat ushbu qo'rg'onning muqaddasligini ta'minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatldir.
Farg'ona viloyati xokimining 2022 yil 28-yanvar kungi "Viloyatda erta nikoh, oilaviy ajralishlarni oldini olish, notinch oilalarni yarashtirish bo'yicha chora-tadbirlar tashkil etish to'g'risida"gi 49/11-0-/22-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida fevral oyida o'tkazilgan "Oilaviy ajrimlarni oldini olish" oyligi yakuni bo'yicha "Biz ajrimga qarshimiz" shiori ostida tumanimizning “Hamroobod” dam olish maskanida tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirga taklif etilgan yarashtirilgan oilalar a'zolari berilgan e'tibordan mamnun ekanligini alohida ta'kidladilar.
So'x tumani mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi raisining birinchi o'rinbosari Madinaxon Safarovaning ma'lumotiga ko'ra, tumanda oylik doirasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Mahallalarda olib borilgan keng qamrovli ishlar samarasi o'laroq, nomurosalik yo'liga kirib qolgan 46 ta oila yarashtirildi. Muqaddas qo'rg'on mustahkamligi saqlab qolindi. 46 ta oilada farzandlar kulgusi yana ularning lablariga qaytarildi.
Tadbirda so'z olganlar ana shunday xayrli va savobli ishlar haqida gapirib, Respublikamizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tishdi.
Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbir barcha ishtirokchilarning kayfiyatiga ko'tarinkilik bag'ishladi. Tadbir fayziga san'atkorlarning diltortar navolari yanada ko'proq fayz qo'shdi.
Tadbir davomida oylikda faol ishtirok etgan va hududlarda oila saqlanishiga alohida hissa qo'shgan bir guruh soha vakillariga tuman hokimligi, mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limining faxriy yorliqlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondining esdalik sovg'alari taqdim etildi. Tadbirda qatnashganlar tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligini bildirdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati