Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LENBUR MAHALLASIDA SAYYoR QABUL O'TKAZILDI

×

 2022-02-26 17:39:34    125

PDF yuklash
Chop etish


LENBUR MAHALLASIDA SAYYoR QABUL O'TKAZILDI

         Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning tasdiqlangan oylik rejasiga binoan Lenbur mahallasida navbatdagi sayyor qabul va uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumani Xalq Qabulxonasi mudiri Ma'murjon Botirovlar ham ishtirok etishdi.

         Uchrashuv boshlanishidan oldin tuman hokimi mahallaga tayinlangan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyatini ko'zdan kechirdi. Yangi maktab binosida yoshlar yetakchisiga yaratib berilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirib, davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tiborga javoban samarali faoliyat olib borish lozimligi ta'kidlagan tuman hokimi yosh mutasaddilarga muvaffaqiyat tiladi.

         So'ng maktabning majlislar zalida Lenbur mahalla aholisi bilan uchrashib, ularning dardu muammolari va murojaatlarini tingladi. Tuman hokimi Lenburliklarga shu kungacha mahallada amalga oshirilgan ishlar xususida gapirib, inson manfaatini ko'zlab amalga oshiriladigan ishlar ko'lami bu yil ham yanada kengayishini qayd etdi.

         So'x daryosi bo'yida joylashgan ekin yer maydonlarga suv chiqarish, yosh bolalarga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirish, Prezidentimizning 20-sonli qarori asosida ekin yer maydoniga ega bo'lish tartibi, ekish mavsumida mineral o'g'it yetkazib berish va uning narxiga ham e'tibor berish, mahallaning ichki ko'chalarida ichimlik suvi va elektr energiyasi muammosini hal etish, mahalladagi suv ta'minotini yaxshilash va ariqni ta'mirlash masalalarida mahalla ahli tuman hokimiga murojaat etdilar.

         Tuman hokimi barcha murojaatlarni hal etilishi bo'yicha tegishli idoralar rahbarlariga topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

         Uchrashuv davomida tuman hokimi Lenburning o'ziga xos rivojlanish drayverini tanlab olish va bu bo'yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan o'zining taklif va tavsiyalarini berdi.

         Yangi haftada mahallada Lenbur drayverini amalga oshirish bo'yicha tadbir tashkil etiladigan bo'ldi.

         Uchrashuv oxirida Lenbur mahallasi mutasaddilariga tuman prokurori tomonidan raqamli elektron kutubxona banneri to'hfa etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati