Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN HIMOYa QILISh – KUN MAVZUSI

×

 2022-02-26 17:35:02    50

PDF yuklash
Chop etish


XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN HIMOYa QILISh – KUN MAVZUSI

         Respublikamiz hududlarida ayollar, xotin-qizlarning jamiyatdagi tutgan o'rnini yanada mustahkamlash, ularning har tomonlama himoyasini ta'minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha huquqiy va qonuniy asos yaratilgan. 2019 yil 2 sentyabrь kuni qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ham ayni ana shu maqsadlarni o'zida mujassam etgan.     

         So'x tumani Sharqobod mahalla fuqarolar yig'ini hududida shu masalaga bag'ishlab mahalla xotin-qizlari o'rtasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, tuman ichki ishlar bo'limi vakillari ishtirok etdilar.

         So'x tumani IIB HPB HQMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonova tomonidan Qonunning asl mohiyati va mazmuni tushuntirib berildi. Jamiyatda gender tenglik masalalarining asosiy tushunchalari haqida ham ma'ruza qilindi.

         Davra suhbati ko'tarinki ruhda o'tkazilib, ishtirokchilar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan berilgan savollarga  to'liq javoblar berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati