Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR YoShLARI BIRLAShDI

×

 2022-02-24 15:18:08    74

PDF yuklash
Chop etish


1-SEKTOR YoShLARI BIRLAShDI

         Prezidentimizning 2022 yil, 19 yanvar kuni qabul qilgan 92-sonli qaroriga asosan mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o'yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma'naviy rivojlanishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan.

         Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 1-sektor hududidagi Sohibkor mahallasida joylashgan 27-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbiri bo'lib o'tdi.

         Tuman madaniyat bo'limi,  O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'lmi, ma'naviyat va ma'rifat markazi, bolalar va o'smirlar sport maktabi hamkorligida o'tkazilgan tadbirda 1-sektor hududidagi yoshlar, maktab o'quvchilari va uyushmagan yoshlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirga tumandagi harbiy qism askar va zobitlari ham taklif etildi.

         Tadbir Prezidentimiz tomonidan belgilab bergan besh tashabbus asosida o'tkazilib, yoshlar bu mahorat maydonida o'z iste'dodlarini namoyish etishdi.

         Tashkil etilgan sport musobaqalari – shaxmat va shashka, stol tennisi, voleybol turlarida yoshlar o'zaro bellashdilar.

         Tumanning 30-sonli musiqa va san'at maktabi iqtidorlari ham o'zlarining ijod mahsullarini tomoshabinlar hukmiga havola etdilar. Mahoratli o'quvchilar amalda rassomlik va kashtachilik bo'yicha ishtirokchilarga o'z iste'dodlarini namoyish etishdi.

         “Barkamol avlod” bolalar maktabi talabalari ham o'z ko'rgazmalari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olishdi.

         So'x tuman axborot-kutubxona markazi mutasaddilari tomonidan tashkil etilgan kitob ko'rgazmasi ham talabalar ko'nglida o'chmas iz qoldirdi. Chunki talabalar yangi nashrdan chiqarilgan badiiy kitoblar va adabiyotlar bilan tanishdi.

         Tuman bolalar va o'smirlar sport maktabi sportchilari ham turli sport turlari bo'yicha mahorat ko'rsatishdi.

         Tadbir oxirida ma'naviyat va ma'rifat markazi So'x tumani bo'limi tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o'yinida harbiylar, ichki ishlar xodimlari va 1-sektor yoshlar yetakchilari ishtirok etidilar. Berilgan savollarga aniq javob berishga intilgan jamoalar g'oliblik uchun kurashdi.

         Aytish lozimki, tashkil etilgan mazkur tadbir yoshlar ko'nglida munosib o'rin egalladi. Bunday keng qamrovli tadbirlar tumanning barcha sektorlarida o'tkazilishi rejaga olingan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati