Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUDOFAA VAZIRLIGI IShChI GURUHI MAKTABDA

×

 2022-02-23 11:37:27    115

PDF yuklash
Chop etish


MUDOFAA VAZIRLIGI IShChI GURUHI MAKTABDA

         Bugun O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining ishchi guruhi  polkovnik  X. Qarshiyev boshchiligida tumanimiz hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari bilan birgalikda 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lishdi. Ishchi guruh a'zolari mahallada o'quvchi yoshlar va uyushmagan yoshlar uchun yaratmb berilgan shart-sharoitlar va bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlarni tahlil etdilar.

         Tashrif chog'ida ishchi guruh a'zolari O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi 92-sonli "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga asosan Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisining  ish xonasi va “mahallabay” tizimi asosida yoshlar bilan qilingan ishlarni ko'zdan kechirdilar.                                                                                                                         

         O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 dekabrdagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 9-11 sinf o'quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora - tadbirlari to'g'risida" gi 792-sonli qarori ijrosi bo'yicha tashkil etilgan tikuvchilik to'garagi faoliyati bilan tanishib, bu bo'yicha o'zlarining kerakli taklif va tavsiyalarini berdilar.                                                                                                                                                                                                      

         O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyuldagi "Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o'zini - o'zi boshqarish organlarining ta'lim muassasasi bilan o'zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi 175-sonli qarori ijrosi yuzasidan  maktab jamoatchilik markazi a'zolari ushbu qarorning talablaridan kelib chiqib, “mahallabay” tizimi asosida olib borilgan ishlari haqida ishchi guruh a'zolariga o'zlarini tajribalaridan kelib chiqib, ma'lumotlar berdilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati