Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1 hududdan 3 xabar

×

 2022-02-23 11:31:56    88

PDF yuklash
Chop etish


1 hududdan 3 xabar

          Faslar kelinchagi – bahor eshik qoqmoqda. Bu mehnat va bahorgi yumushlar boshlanishidan darak. 1-sektor hududida bahor mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Sohibkor mahalla fuqarolar yig'ini hududida bahor mavsumi kirib kelishi munosabati bilan, ko'cha va xonadonlarda, qabriston va guzarlarda ariqlarni tozalash, mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlari boshlab yuborildi.

          Tul va Sohibkor mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi tashabbusi bilan mahalladagi qabristonda boshlangan hashar ayni kunda qizg'in pallaga kirgan va jadallik bilan davom etayotir. Qabriston hududida ikkita mahalla ahli tashabbusi bilan yangi shiyponlar barpo etilyapti.

          1-sektor hududidagi 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida maktab ma'muriyati, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi hamkorligida yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Sohibkor mahallasining ko'chalar kesimida sportning futbol turi bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati