QAL’AChADA SEKTOR RAHBARI BILAN UChRAShUV BO'LIB O'TDI
2022-02-23 11:26:55 135
QAL’AChADA SEKTOR RAHBARI BILAN UChRAShUV BO'LIB O'TDI
1-sektorningg Qal'acha mahalla fuqarolar yig'inida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayevning mahalla ahli bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tasdiqlangan reja asosida bo'lib o'tgan mazkur uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumani Xalq Qabulxonasi mudiri Ma'murjon Botirov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda tumandagi tashkilot-korxona vakillari, sektor ishchi guruhi a'zolari ham qatnashdi. Ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tgan uchrashuvda fuqarolar murojaati ham tinglandi.
- Bugun davlatimiz rahbari tomonidan bizga katta imkoniyatlar eshigi ochib berilgan. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanish o'zimizga bog'liq. Mahallalarda tashkil etilgan va faoliyati yo'lga qo'yilgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bevosita Prezident vakili sifatida hududlara ish olib borishadi. Shuning uchun har bir fuqaro ularning xizmatidan samarali foydalanishi, ular bilan hamohang tarzda hudud rivoji yo'lida astoydil intilishlari lozim, - deya ta'kidladi tuman hokimi uchrashuv avvalida.
Tuman hokimi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan salkam uch oy davomida olib borilgan ishlarni tahlil etib, Qal'achaning asosiy drayveri haqida gapirdi.
- Qal'acha tumanimizda o'ziga xos mavqega ega hudud hisoblanadi. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligni ta'minlash bo'yicha nimalar qilishimiz lozim? Eng avvalo, har bir fuqaroni tadbirkorlikka chorlashimiz kerak. Buning uchun mahallada broyler tovuqlar parvarishiga yo'naltirilgan klaster tashkil etsak, ayni muddao bo'ladi. Bu yo'nalishdagi ishlarni tashkil etish uchun rejalar va "Yo'l xarita"lari ham qabul qilingan. Faqat ushbu loyihani amalga tatbiq etish bizlardan sa'y-harakat talab etadi, - deya so'zlariga davom etdi tuman hokimi.
Tuman hokimi tomonidan bildirilgan takliflar ma'qullandi. Shuningdek, mahallada bo'sh turgan binolarni aniqlab, tadbirkorlik sub'ektlariga biriktirish, dorixona faoliyatini boshlashi uchun litsenziya masalasini hal etib berish, hududda qassobxona tashkil etish bo'yicha fikrlar bildirildi. Shuningdek, hududda kunduzgi statsionar tashkil etish bo'yicha qilingan murojaat viloyat hokimligi mutasadilari tomonidan o'rganilgani va bu masala ham hal etilishi bo'yicha ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv oxirida tuman hokimi yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda aholi xonadonlarida bo'lib ularning holidan xabar oldi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati