Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEDIATSIYa INSTITUTINI MOHIYaTI

×

 2022-02-23 08:45:09    164

PDF yuklash
Chop etish


 

MEDIATSIYa INSTITUTINI MOHIYaTI

         Zamonaviy tushunchaga ega mediatsiya XX asrning ikkinchi yarmida, avvalambor anglo-sakson huquqi AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya mamlakatlarida rivojlanib, so'ng Yevropada tarqala boshladi. Avvalambor, mediatsiya oilaviy mojarolarni hal qilish holatlarida qo'llanila boshlandi. Keyinchalik mediatsiya turli xil mojarolarni hal qilishda ham keng qo'llanila boshlandi.

         1970 yillarning boshida AQShning bir qator yirik shaharlarida ko'ngilli mediatorlar ishtirokida eksperimental mediatsiya dasturlari boshlangan edi. Ular shunchalik muvaffaqiyatli o'tdiki, keyingi yigirma yil davomida butun mamlakat bo'ylab yana yuzlab shunday dasturlar o'tkazildi va hozirgi kunda mediatsiya amaliyoti Amerika Qo'shma Shtatlarida juda keng tarqaldi.

         Hozirgi kunda AQSh sud amaliyoti shunday yo'naltirilganki, ko'plab mojarolar ko'ngilli tarzda sudgacha hal qilishga, sud jarayonida ham sudьya sudni to'xtatib, tomonlarga mediator bilan ishlab ko'rishni tavsiya qilishi mumkin. Iqtisod, siyosat, biznes sohasidagi biron-bir jiddiy kelishuv jarayoni bu mamlakatda mediator yordamisiz amalga oshirilmaydi, bu yerda mediatsiya muammolarini yoritib beruvchi maxsus jurnal (Ejekvartalniy jurnal po mediatsii) chop etiladi. Bu yerda bahslarni hal qilish milliy institut bo'lib, u mediatsiyaning yangi uslublarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi, xususiy va davlat mediatsiya xizmatlari faoliyat yuritib boradi. Bu borada Amerika hakamlik assotsiatsiyasi (American Arbitration Association) juda katta mavqega ega, bu tashkilot o'zining hakamlik tekshiruvlari (arbitraj) va mediatsiya qoidalarini tasdiqlab oldi va bu qoidalar asosida ichki nizolar ham ko'rib chiqilmoqda.

         O'zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to'g'risida”gi qonuni 2018 yil 3 iyulda qabul qilindi.Qonunda mediatsiya ishtirokchilari hamda ularning huquq va majburiyatlari, mediatsiyani qo'llash va mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tafsil yoritib berildi.

         Qonunga ko'ra mediatsiya bu kelib chiqqan nizoni taraflar o'zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko'magida hal qilish usulidir. Mediator  mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxsdir. Mediativ kelishuv mediatsiyani qo'llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuvdir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv esa taraflarning tuzilgan paytdan e'tiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvidir, mediatsiyani qo'llash to'g'risidagi kelishuv — nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib chiqqanidan so'ng taraflarning nizoni mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etish zarurligi to'g'risida tuzilgan kelishuvdir.

Mazkur qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga ham tegishli o'zgartirishlar kiritildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martda qabul qilingan O'RQ–531-sonli Qonuni bilan kodeksning 48-moddaning ikkinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so'zlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan so'zlar bilan almashtirildi, 53-moddasining ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy ish bo'yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo'yicha himoyachilar, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha advokatlar, mediatorlar – vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o'zlariga ma'lum bo'lib qolgan holatlar to'g'risida”-deb bayon etildi, 63-moddaning birinchi qismidagi “kelishuv bitimini” degan so'zlar “kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuvni” degan so'zlar bilan almashtirildi, 65-modda “Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog'ida ayni shu nizo bilan bog'liq holda mediator sifatida ishtirok etgan shaxslar vakil bo'lishi mumkin emas, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o'zaro rozilik bo'lgan hollar mustasno” deb atalgan uchinchi qism bilan to'ldirildi, bundan tashqari yana bir qator moddalarga ham tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

         Bugungi kunda Mediatsiya to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi mediatsiya instituti kelishmovchiliklarni suddan tashqari hal qilish imkoniyatini yaratdi.

 

         U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy

                                     sudi sudyasi