Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“JASUR” JAMOASI “QUMONDON KUBOGI” SOHIBI

×

 2022-02-19 16:30:34    62

PDF yuklash
Chop etish


“JASUR” JAMOASI “QUMONDON KUBOGI” SOHIBI

         Yoshlarni vatanparvarlik ro'hida tarbiyalash, ularning ongu shuuriga Vatan qadrini singdirish, shu aziz Vatanga bo'lgan mehr va muhabbatni kuchaytirish yuzasidan tashkil etilayotgan tadbirlar o'sib kelayotgan barkamol avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

         Tumanimizning 12 494-sonli harbiy qismida tashkil etilgan tadbir ham ayni shu ezgu maqsadlarni ko'zlab o'tkazildi. Sharqiy harbiy okrug qumondonligining “Okrug qumondoni kubogi” sport musobaqalarida tumanimizning umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etishdi.

         Mazkur sport tadbirida yoshlar 100 metrga yugurish, turnikda tortish, bemorga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, arqon tortish, AKS-74 qurolini noto'liq qismlarga yoyish va yig'ish, harbiylashtirilgan estafeta va bilimdonlar bellashuvi bo'yicha o'zaro kuch sinashdi.

         Tadbirda ishtirok etgan Sharqiy harbiy okrug qumondoni o'rinbosari, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevlar barcha ishtirokchilarni qutlab, Respublikamizda O'zbekiston Qurolli Kuchlarining nufuzi va uning dunyo hamjamiyatidagi o'rni haqida gapirdilar. Ayni ushbu Qurolli Kuchlar davlatimiz qudrati timsoli ekanligini ta'kidladilar.

         Musobaqalar boshlanishidan oldin tadbir ishtirokchilariga12 494 harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan Faxriy qorovul ko'rgazmali chiqishlari, ichki ishlar Vazirligining maxsus otryadi harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan ko'l jangi ko'rgazmasi namoyish etildi.

         Ko'rgazmali chiqishlardan so'ng musobaqlarga start berildi va har bir sport turi bo'yicha bellashuvlar hakamlar hayati tomonidan baholandi.

         Musobaqalar natijasiga ko'ra, 1-o'rin 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi “Jasur” jamoasiga nasib etdi. 18-maktab o'quvchilari ikkinchi va 7-sonli maktab o'quvchilari uchinchi o'rinni egalladilar.

         Musobaqalar yakunida g'olib jamoaga “Qumondon kubogi” topshirildi. Faxriy o'rinni egallagan va namuna ko'rsatgan ishtirokchilarga ham tashkilotchilarning faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg'alari taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati