Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Samarali ijro intizomi-islohotlar natijadorligining muhim omilidir

×

 2022-02-19 16:25:53    159

PDF yuklash
Chop etish


Samarali ijro intizomi-islohotlar  natijadorligining  muhim omilidir

         Ayni shu mavzuda tuman xalq ta'limi bo'limida seminar o'tkazildi. Mazkur seminar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 may kunidagi 5132-sonli «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» gi qarorini amalga tatbiq etishga bag'ishlandi.

         Seminarda tuman hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentning So'x tumani  Xalq  Qabulxonasi, tuman huquq-tartibot idoralari vakillari va tuman adliya bo'limi boshlig'i qatnashdi.

        Seminarni  tuman  hokimligi ijro-intizom bosh  mutaxassisi Ibrohim Ahmatov  ochib  kun  tartibidagi  masala bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirdi.

         Barcha seminar ishtirokchilariga tadbirda qatnashgan mas'ul vakillar yangi tizimga ko'ra, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar harakati haqida, ya'ni ularning ijrosini tashkil etish 5 ta bosqichda amalga oshirilishi, Farmon asosida joriy etilgan yangi tizimni amaliyotga to'laqonli tatbiq etilishi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining o'z vaqtida va natijali ijro etilishini ta'minlashda, “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratni olib borish va mazkur tizimni yuritishda Adliya vazirligining mas'uliyati belgilanganligi, “Ijro.gov.uz” ning  samaradorligi bo'yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash tizimi va asosiy tamoyillari, barcha  normativ  xujjatlar  asosida  ijro  intizomi, murojaatlarni  kurib chiqish  tartibi yuzasidan ma'lumotlar berishdi.

         Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar mutaxassislarga savollar berib, javoblar oldilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati