MATBUOT ANJUMANI BO'LIB O'TDI
2022-02-17 17:14:19 192
MATBUOT ANJUMANI BO'LIB O'TDI
Tuman hokimligida tibbiyot masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan brifingdan so'ng jurnalist va blogerlar talabi va taklifiga binoan ayni ushbu masalada matbuot anjumani o'tkazildi.
Bloger Zohir Sultonning fikricha, sohaga oid ko'p muammolar bo'yicha fuqarolarda juda ko'p savollar to'planib qolgan.
- Tibbiyot sohasi Prezidentimizning bevosita e'tibori tufayli jadal rivojlanmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadri va manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgani barchamizni quvontiradi. Biroq, birgina So'x tumanida bu sohada hali yechimini topmagan, hal etilishini kutayotgan muammolar talaygina. Ko'pincha fuqarolarimiz nafaqat tibbiyot masalasida, balki ko'p masalalarda faqat tuman hokimiga murojaat etishadi. Nimaga faqat hokimga? Chunki rahbarlarga ishonch qolmadi. Agar har bir rahbar o'z sohasi bo'yicha ishlasa, samarali faoliyat olib borsa, muammo va kamchiliklarga o'rin qolmaydi, - dedi bloger o'z so'zida.
Matbuot anjumani jarayonida bloger Zohir Sulton, jurnalistlar - So'x TV muxbiri Jahongir Sobirov, "Sadoi So'x" ro'znomasi bosh muharriri Sodiqjon Tohirovlar tuman hokimi va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'iga savollar berib, javoblar olishdi.
Brifing va matbuot anjumani jarayonini Yutubdagi kanalimizning ushbu havolasi -https://www.youtube.com/watch?v=BY5wzZB5YAA&t=2307s orqali tomosha qilishingiz mumkin.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati