Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'X TUMANI TIBBIYoT BIRLAShMASIDA...

×

 2022-02-17 17:03:24    128

PDF yuklash
Chop etish


SO'X TUMANI TIBBIYoT BIRLAShMASIDA...

         2021 yilda Qizilkiyoq OShPsida 105 mln. so'm evaziga binoni tom qismi va issiqlik tizimi yangilandi, hamda G'aznov OShPsi 63 mln so'm mablag' evaziga joriy ta'mirlanib, issiqlik tizimi yangilandi.

         Shifoxonaning ma'muriy binosi 600 mln. so'm evaziga joriy ta'mirlandi.

         Investitsion dastur asosida markaziy shifoxonada yangi qurilayotgan 75 o'rinli terapiya bulimida 10 o'rinli kardiologiya, 10 o'rinli nevrologiya va 10 o'rinli endokrinologiya bulimlarini ochish rejalashtrilgan. Mazkur bino hozirgi kunda foydalanishga topshirish arafasida.

         Birlashmaga karashli Mulgon OShP qurilishiga 1 milliard 705 million so'm sarflandi.

         "Obod qishloq" dasturi asosida Oftobru mahalla fuqarolar yig'iniga 1 milliard 857 million so'm va Sharqobod mahalalsiga 1 milliard 908 million so'm yo'naltirib, yangi OShP qurildi va bu inshootlar ham  foydalanishga topshirish arafasida.

         So'x tumani tibbiyot birlashmasi tizimida faoliyat yuritayotgan jami 63 nafar vrachlardan 30 foizi toifalangan shifokorlardir.

         Jumladan, 9 tasi Oliy toifali, 11 tasi 1-tofali, 2 tasi 2 toifali, 41 tasi toifasiz vrachlar;

         2020-2021 yillar davomida 145 mln. 775 ming so'mlik 88-turdagi dori-darmonlar tuman tibbiyot birlashmasiga keltirildi;

         2021 yildan hozirgacha 33 mln. 870 so'mlik dori-darmonlar tez tibbiy yordam bo'limiga;

         2020-2021 yillar davomida 91 mln. 905 ming so'mlik dori-darmonlar taqsimot uchun tibbiyot birlashmasidagi dori omboriga topshirildi,

         Bir kunda dori omboridagi 4 mln. 116 ming so'mlik (59 mln. 641 ming) 16 turdagi dori-darmonlar markaziy shifoxonaning kuyidagi bo'limlariga tarqatildi:

         40 ming so'mlik 1-turdagi (10 mln. 248 ming 565 so'mlik 26 turdagi) dori-darmonlar tuman markaziy shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo'limiga berilgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati