Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA MILLIONLAR O'YINI BO'YIChA MUSOBAQA TAShKIL ETILDI

×

 2022-02-16 17:59:14    67

PDF yuklash
Chop etish


MAHALLADA MILLIONLAR O'YINI BO'YIChA MUSOBAQA TAShKIL ETILDI

         Futbolni sevmaydigan, bu sport turiga befarq bo'lgan insonlar kamdan kam topilsa kerak. Ayniqsa, bizning tumanimizda ham ushbu sohaning ishqibozlari serob.

         Mahallalarda tashkil etilayotgan futbol musobaqalari ayni ushbu sohani rivojlantirishga va albatta yoshlarni sportga jalb etishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

         Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi Subhonali Nishonovning so'zlariga ko'ra, mahallada saxovatpesha tadbirkor Valijon Tuychiyev tashabbusi bilan futbol musobaqalariga start berildi.

         Mazkur musobaqalarda Hazrati Ali, Sarikanda va Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'ini yosh futbolchilari ishtirok etishmoqda.

         Musobaqalar yakunida g'olib bo'lgan va namuna ko'rsatgan jamoalarga homiy tadbirkorning qimmatbaho sovg'alari va pul mukofotlari topshiriladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati