Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKOR ELGA MADADGOR

×

 2022-02-16 14:26:17    142

PDF yuklash
Chop etish


TADBIRKOR ELGA MADADGOR

         Tuman obodligi yo'lida qilinayotgan har bir ish va ezgu amal shu yurt ravnaqini ko'zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir. Ta'kidlash lozim, So'x tumanida har kun bir xushxabar eshitish odat tusiga aylanib qolgan. Islohotlarni amalda tatbiq etish yo'lida bugun har bir tuman ahli o'zining salmoqli hissasini qo'shishga astoydil harakat qilayotir.

         Bugungi kunda tumanning Mulgon mahalla fuqarolar yig'inida e'tirof etishga arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallada Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida qurilayotgan yangi tibbiy maskan hudud ko'rkiga yangi siymo va o'zgacha husn bag'ishlamoqda. Aytish lozimki, hudud obodligiga saxovatpesha tadbirkorlar ham o'zlarining hissalarini qo'shishayotir. Tadbirkorlik sohasi rivojiga berilayotgan e'tibor samarasi o'laroq, mahallada yangi zamonaviy inshoot qad ko'tardi. Yosh tadbirkor Ilhomjon Salomov sa'y-harakati va tashabbusi bilan mahallada yangi aholiga xizmat ko'rsatish majmuasi qurilib, kuni kecha foydalanishga topshirildi.

         Yosh tadbirkor Ilhomjon Salomovning ma'lumotlariga ko'ra, ushbu yangi inshoot qurilishiga 700 million so'mdan ortiq mablag' sarflangan bo'lib, barcha mablag'lar tadbirkorning o'z hisobidan yo'naltirilgan. Binoning birinchi qavatida savdo majmuasi joylashgan bo'lib, bu yerda oziq-ovqat va kiyim-kechak rastalari mavjud.

         - Inshootning  ikkinchi qavatida o'quv kurslari ochish niyatimiz bor, - deydi tabirkor. Zotan, bugun yoshlarga, ayniqsa, xotin-qizlarga turli soha sir-asrorini o'rgatib, ularni bandligini ta'minlashga ko'maklashish dolzarb ahamiyatga ega masala hisoblanadi.   

         Ayni kunda yangi ochilgan majmuada 6 nafar yoshlarning faoliyat olib borishlari tumanda tadbirkorlik faoliyati tufayli aholini doimiy ish joyi bilan ta'minlash muammosi ham hal etilmoqda deganidir. Aytish lozimki, bugun tadbirkorlarimizning samarali faoliyati tufayli yurt obod bo'lmoqda. Qad rostlayotgan yangi binolar, zamonaviy inshootlar xalqimiz manfiati yo'lida xizmat qilishiga astoydil ishonamiz.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati