Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«E-aktiv» avtomatlashtirilgan axborot tizimi

×

 2022-02-16 08:53:51    198

PDF yuklash
Chop etish



«E-aktiv» avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabr kunidagi 595-son qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi tomonidan tadbirkorlarga yanada qo’laylik yaratish hamda mamlakatimizda xufiyona iqtisodiyotni cheklash maqsadida “E-aktiv”-tovar moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron tizimi amaliyotga joriy etildi.

Mazkur avtomatlashtirilgan axborot tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

Mahsulotlar kirimi va qoldig‘i hisobini onlayn yuritish va kuzatib borish;

  Tovarlar uchun yaratilgan bir yoki bir nechta elektron ombor yaratish;

  Tovarlarni masofadan turib elektron ravishda ombordan omborga olib o‘tish;

  Kirim qilinmagan tovarlarni sotish bo‘yicha EHF rasmiylashtirish holatlariga chek qo‘yish imkonini beradi.

  Shuningdek EHFlarda MXIKlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiqligini hamda shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

Shuningdek, “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan hozirgi kunda 24 ta korparativ va      7 ta byutjet buyurmachisi test rejimida foylanmoqda.Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish uchun my3.soliq.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish qo‘shilgan qiymat solig‘I to‘lovchilar va ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun 2022-yil 1-yanvardan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining «E-aktiv» avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish;
  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yaroqsizligi, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida yo‘q qilinganda va kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) sababli hisobdan chiqarilganda uch ish kunidan kechiktirmasdan «E-aktiv» avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish.

2022-yil 1-iyulgacha “E-aktiv” AATdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun soliq to‘lovchilarga ta'sir choralari ko‘rilmasligini maʼlum qilamiz. Hurmatli So’x tumanida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi sizlarga mazkur avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan sizga tushunarsiz yoki murakkab bo’lgan holatlarda sizga ko’maklashishdan doimo mamnunligini bildirib, So’x tuman davlat soliq inspeksiyasining “Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash” sho’basi xodimlariga murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qiladi.Unutmang! Davlat soliq xizmati organlari insofli soliq to’lovchining ishonchli hamkori!

Zaylidinov Zayliddin Nuridinzoda - So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi

“Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash”sho’basi

soliq bo’yicha inspektori