Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOBURNI XOTIRLAB

×

 2022-02-15 20:00:58    67

PDF yuklash
Chop etish


BOBURNI XOTIRLAB

         Mustaqil O'zbekistonning tarixiy solnomasida 14 fevralь sanasi alohida o'rin egallaydi. Boisi, o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur aynan 1483 yilning 14 fevralida Andijonda tavallud topgan. Buyuk sarkarda va shoir tavalludining 539-yilligiga bag'ishlab bugun, So'x tumanining 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman xalq ta'limi bo'limi tashabbusi bilan tantanali tadbir o'tkazildi. Tadbirda tuman UO'T maktablarnining yetakchi o'qituvchilari ishtirok etishdi.

         Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashkil etilgan tadbir uchun tuman xalq ta'limi bo'limi ma'muriyatiga minnatdorchilik bildirib, Mirzo Bobur hayoti va ijodini o'rganish o'sib kelayotgan barkamol avlodning asosiy vazifasi ekanligini ta'kidlab o'tdi. Chunki shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur uchun Sux diyori begona emas. Shoir Suxda o'tgan kunlari haqida o'zining bezavol “Boburnoma” asarida ibratli hikoyatlar yozgan.

         Tadbirda 3-sonli IDUM talabalari ijrosida Bobur hayotiga oid sahnalar namoyish etildi. Boburning So'xda o'tgan kunlari, Suratiy tog'ining mo''jizalari va uning dunyoning zabt etishiga doir tarixiy faktlar talabalar ijrosida ishtirokchilar ko'z o'ngida gavdalandi.

         Tadbir davomida Mirzo Bobur hayoti va ijodiga oid tashkil etilgan rassomlik ko'rik-tanlovi g'olib va sovrindorlariga tuman hokimligi, tuman halq ta'limi bo'limi va “Mahalla” xayriya jamoat fondining faxriyanomalari, qimmatbaho va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

         Viloyat miqyosidagi ko'rik-tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo'lgan 12-sonli UO'T maktabi o'qituvchisi Mo''minali Mamadiyevga viloyat miqyosidagi sihatgohga davolanish uchun 10 kunlik bepul yo'llanma topshirildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati