Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYaDA NIMA GAPLAR?

×

 2022-02-15 19:54:59    131

PDF yuklash
Chop etish


JAVPAYaDA NIMA GAPLAR?

         Farg'ona viloyati hokimi farmoyishiga asosan Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivida sel yo'li va issiqxonalar majmuasi barpo etish yuzasidan tashkil etilgan kompleks o'quv mashg'ulotlari jadallik bilan davom etmoqda. Ushbu mavzeda ishlar tizimli tashkil etilgan. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, viloyat hokimi tashabbusi bilan mazkur hududga qo'shimcha texnika va ishchi kuchi safarbar etilgani amalga oshirilayotgan ishlarni tezlashtirishga qaratilgan.  

         So'x tumani favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i, podpolkovnik Jaloliddin Jalolovning bergan ma'lumotiga ko'ra, bugungacha Javpaya massivida damba mustahkamlash tadbirida 58 kub-metr tosh terish, issiqxona tayyorlash tadbirida 6 480 kub-metr tuproq ishlari bajarilgan.

         Issiqxonalardagi ziroatlarni parvarishlash va hosildorligini oshirish maqsadida har biriga mahalladan unumdor tuproq olib kelinishi tashkil etilgan. Shu kungacha issiqxonalarga 420 kub-metr unumdor tuproq olib kelib to'kildi.

         O'quv mashg'ulotlari boshidan damba mustahkamlash bo'yicha 4 588 kub-metr tuproq, 1 108 kub-metr tosh terish,  1 108 kub-metr xarsangtosh ishi hamda issiqxona tayyorlash bo'yicha 48 060 kub-metr hajmda tuproq ishlari bajarildi. Olib kelingan unumdor tuproqning hajmi 670 kub-metrni tashkil etadi.

         Yangi sel yo'llarini ochish uchun uzunligi 90 metr joy kovlanib 540 kub-metr, mavsum boshidan jami uzunligi 175 metr yangi sel yo'llari ochilib 1 050 kub-metr tuproq ishi bajarildi.

         Issiqxonalarga unumdor tuproqini tekislash va pardozlashda 4 ta ekskavator jalb etilib, jami bajarilgan ishlar hajmi 420 kub-metrni tashkil etadi.

         Mazkur tadbirlarga 20 ta ekskavator, 12 ta yuk tashish (samosval), 1 ta avtogreyder va 1 ta yoqilg'i-moylash mahsulotlarini tashish, jami 34 ta texnikalar hamda 82 nafar ishchi xodimlar jalb etilgan.

         So'x tumani Qal'acha mahalla fuqarolar yig'ini Javpaya massivida kompleks o'quv mashg'ulotlari davom etmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati