TUMAN HOKIMI QIZILQIYoQ MAHALLASI AHOLISI BILAN MULOQOT O'TKAZDI
2022-02-02 16:35:17 138
TUMAN HOKIMI QIZILQIYoQ MAHALLASI AHOLISI BILAN MULOQOT O'TKAZDI
Hududlarda aholi bilan bevosita muloqotni yo'lga qo'yish, ochiq muloqot va sayyor uchrashuvlar orqali fuqarolar muammolarini o'rganish, ularni hal etish va bartaraf qilish choralarini ko'rish albatta, har bir birinchi rahbar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Zero muloqot, uchrashuv va so'hbat kabi tadbirlar har bir muammo yechimiga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig'inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida bo'lib o'tgan sayyor qabul ochiq muloqotga aylanib ketdi va uchrashuv davomida mahalla ahli oldilarida ko'ndalang bo'lib turgan muammo va kamchiliklar bo'yicha murojaat etdildar. Tadbirda ishtirok etgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari, barcha korxona-tashkilot va muassasalar mutasaddilariga bildirilgan taklif va murojaatlar bo'yicha tegishli ko'rsatma va vazifalar berildi.
Aytish lozimki, Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig'ini ham ichimlik va ham sug'orish suvi muammo bo'lgan hududda joylashgan va aholi suvni asosan mahalla hududlarida barpo etilgan hovuzlardan olishadi. Biroq, shu kunlarda aksariyat hovuzlarda suv yo'q va mutasaddilarning ma'lumotiga ko'ra, bunga elektr energiyasidan bo'lgan qarzdorlik sabab.
Tuman hokimi har bir hovuzga kerakli miqdorda suv to'ldirish va barcha nasos agregatlari mutadil rejimda ishlashni ta'minlash bo'yicha tuman hokimi o'rinbosarlari va tegishli idora rahbarlariga qattiq topshiriq berdi.
Tadbir davomida aholi tomonidan elektr energiyasi ta'minotidagi kamchiliklar, mahalla ichki yo'llarining ayanchli ahvoli, Qizilqiyoq mahallasiga yangi hovuz qurish lozimligi, tibbiyot nuqtasidagi bugungi ahvol, ushbu maskanning isitish tizimidagi nosozliklar, tungi tez tibbiy yordam xizamatining mahallaga lozimligi, ko'chalardagi holat va yo'llarga harakat xavfsizligini ta'minlashga oid yo'l belgilarini qo'yish kerakligi, tadbir o'tayotgan 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabidagi muammolar yuzasidan mahalla ahli tuman hokimiga murojaat etdilar.
Tuman hokimi ham o'z navbatida tadbirda so'z olib, tumanda o'tgan 2021 yili amalga oshirilgan obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari haqida to'xtalib, qilingan barcha ishlar tuman obodligi yo'lida amalga oshirilgan yangiliklar debochasi ekanligi va bunday ishlar bundan buyon muntazam amalga oshirilishini ta'kidladi.
Tadbir davomida tuman hokimi mahallaga tayinlangan hokim yordamchisi Baxtovar Sayidahmatov va yoshlar yetakchisi Muhammadullo Abduvaliyevlarni tanishtirdi. Bu ikki nafar Prezident vakili zimmasiga katta mas'uliyat yuklanganini qayd etib, tuman hokimi ularning faoliyatiga omadlar tiladi.
Tadbir davomida Qizilqiyoq mahallasiga 40 dona temir-beton tayanch, 2 dona transformator, 22 dona tungi yoritgich yetkazib berish bo'yicha “Yo'l xarita” si tuzildi. Shuningdek, aholi murojaati va takliflariga binoan mahallada ichki yo'llarni shag'allashtirish va asfalьtlashtirish bo'yicha ham rejalar tuzildi. Yangi hovuz qurilishi ham shu yili amalga oshiriladigan bo'ldi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati