Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA HAShAR TAShKIL ETILDI

×

 2022-02-01 17:42:17    81

PDF yuklash
Chop etish


MAHALLADA HAShAR TAShKIL ETILDI

         "Hashar elga yarashar" deb bejizga aytilmagan. Hashar orqali xalqimiz o'ta mushkul bo'lgan amallarni ham birgalikda bajarishgan.

         Hashar odamlarni birlashtiruvchi kuchga ega ekanligi asrlar osha sinalgan voqeiy haqiqat sanaladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, bu azaliy udum ota-bobolarimizdan avlodlarga arzirli meros sifatida yetib kelgan.

         1-sektor hududidagi Tul mahalla fuqarolar yig'ini raisi Qahramon Ahmedovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, mahalla hududida joylashgan sel yo'lida tuman hokimligi ko'magi asosida hashar tashkil etildi. Mazkur hudud to'liq shag'allashtirildi.

         - Bizga tuman hokimligi va bevosita saxovatpesha homiylarimiz kumagi asosida 40 ta mashinada shag'al yetkazib berildi. Shuningdek, yaroqsiz holga tushib qolgan temir-beton quvuri ham homiylar tomonidan ta'mirlandi. Endilikda naqliyot vositalari ushbu hududda bemalol harakat qilishi mumkin, - deydi mahalla raisi.

         Mahalla ahli ushbu ishga bosh-qosh bo'lgan va xayrli ishga kamarbasta bo'lgan homiylardan minnatdor. Mahalla obodligi yo'lida astoydil mehnat qilayotgan Najmiddin Dodokarimovdek fidoiylarga mahalla ahli o'zlarining samimiy minnatdorchiligini bildiradilar. Albatta, har bir xayrli va ezgu tashabbus zamirida ezgu maqsad va yaxshi niyatlar mujassam.    

         Mazkur hudud tuman tomonidan harakatlanadigan naqliyot uchun qulay hisoblanadi. Aytish mumkinki, aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklar tuman hokimligi kumagida va albatta mana shunday xayrli tashabbuslar tufayli bosqichma bosqich bartaraf etilyapti.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati