Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YoShLAR VA NURONIYLAR UChRAShUVI

×

 2022-01-28 16:48:06    123

PDF yuklash
Chop etish


YoShLAR VA NURONIYLAR UChRAShUVI

         Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'inida o'tgan 2021 yil davomida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo'l qurilishi, elektr energiyasi ta'minoti, ichimlik suvi muammosini bartraf etish bo'yicha qilingan ishlar e'tirof etishga loyiq.

         Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida mahallada tashkil etilgan "Yoshlar va nuroniylar uchrashuvi" tadbirida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Mahallaga tayinlangan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyatiga ishonch bildirildi.

         Hokim yordamchisi sifatida mahallada ish boshlagan Rashidjon Inomjonov va yoshlar yetakchisi bo'lib faoliyat olib borayotgan Muhib Azamjonovlarning so'zlariga ko'ra, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun munosib sharoit va imkoniyat bor. Mahallani rivojlantirish drayverlarini ishga tushirish uchun bugundan harakat boshlangan.

         Tuman hokimi mahalla sportchilari - yosh volybolchilarga o'tkazilgan sport musobaqasida faxrli o'rinni egallaganliklari uchun tashkilotchilarning faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg'alarini taqdim etdi.

         Tadbirda ishtirok etgan barcha nuroniylar berilayotgan e'tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, mahallada ish boshlagan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisiga omadlar tiladilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati