JAVPAYaDA O'QUV MAShQLARI O'TKAZILIShIGA START BERILDI
2022-01-27 18:11:10 113
JAVPAYaDA O'QUV MAShQLARI O'TKAZILIShIGA START BERILDI
Farg'ona viloyati hokimining 2022 yil 20 yanvardagi qarori asosida bugun tumanimizning Qal'acha mahalla fuqarolar yig'ini Javpaya massivida o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko'chish va yer ko'chki hodisalari bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasida chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-585-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazildi.
O'quv mashqlarni o'tkazishdan asosiy maqsad, 2022 yilning bahor-yoz mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan sel oqimlari bilan bog'liq tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etishdan iborat.
Mazkur hudududda 2022 yilning 25 yanvardan 15 fevral kunigacha “Sel, suv toshqinlarini oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etishda FVDqT tarkibiga kiruvchi fuqaro muhofazasi xizmatlari kuch va vositalarni hamkorlikda harakati” mavzusida kompleks o'quv mashqlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimligi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari va tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan barcha ishtirok etgan korxona-tashkilot xodimlariga mazkur o'quv mashqlarning asosiy mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Qarorda ko'rsatilganidek, o'quv mashqlar 15 fevralь kunigacha davom etadi va o'quv mashqi ishtirokchilari uch mahal (ertalabki nonushta, tushlik va kechki ovqat) issiq ovqat va yotoq joy bilan ta'minlanadilar.
O'quv mashg'ulotlar o'tkazilayotgan hududga mahalliy va Respublika OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Mazkur tadbir haqidagi lavhalar markaziy va mahalliy OAV orqali keng ommaga yetkaziladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati