QAROR IJROSI AMALDA
2022-01-27 15:24:59 157
QAROR IJROSI AMALDA
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevral kungi “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 61- Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida So'x tumani 1-sektor hududidagi G'aznov, Qal'acha, Tul, Lenburg va Devayron mahalla fuqarolar yig'inlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e'lonlar, reklama va ko'rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklamalarining davlat tili va “Reklama to'g'risida”gi qonun hujjatlariga muvofiq bo'lishini ta'minlash monitoring tarzda o'rganildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.
So'x tumani hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etishni ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Ibrohim Ahmadovning ma'lumotiga ko'ra, olib borilgan jarayonlarda Tul mahalla fuqarlar yig'ini xodimlarning ish faolitiga oid xujjatlar o'rganildi va xizmat xonalarini jihozlashda davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so'zsiz rioya etilishi va ishni tashkillashtirish buyicha xato-kamchiliklarini bartaraf etish uchun tegishli ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, hududdagi umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi holat ham o'rganilib, Lenbur mahallasidagi 18-sonli va Sohibkor mahallasida joylashgan 27-sonli UO'T maktablarida qabul qilingan qarorning ijrosi va uqituvchilar orasida davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so'zsiz rioya etilishi, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash borasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati