Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAYoT DAVOM ETADI...

×

 2022-01-26 11:18:15    162

PDF yuklash
Chop etish


HAYoT DAVOM ETADI...

         Kecha Respublikamizda va qo'shni davlatlarda yuzaga kelgan elektr energiyasi ta'minotiga doir uzilishlar rosti, ba'zi odamlarni qo'rqo'v va vahimaga soldi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'lgan turli xil mish-mishlar va har xil gap so'zlar, hatto karikaturalar ba'zi odamlar dunyoqarashi qay darajada ekanini ko'rsatib qo'ydi.     

         Men bir oddiy fuqaro sifatida inson farzandiga berilgan sabr, toqat kabi xislat va xususiyatlar kamayib borayotganini kecha sezdim, bildim, his etdim. Lekin bu haqda hozir gapirmoqchi emasman.

         Kechga borib, butun Farg'ona viloyati hududida birinchilardan bo'lib So'x tumanimizda 100 foiz elektr eenrgiyasi ta'minoti tiklanganligidan juda xursand bo'ldim, uydagilarim, ayniqsa, nevara-evaralarim xursandchiligini aytmaysizmi... Ko'zlarimdagi yoshni berkitmoqchi bo'lamanu... Ha, hukumat va odil siyosat yurituvchi Yurtboshi e'tibori ostida haqiqiy ro'shnolikda yashash buyuk BAXT ekanligiga yana bir karra amin bo'ldim.

         "Inson qadri uchun" degan ezgu g'oya kecha Respublikamizda yana bir marotaba o'z isbotini topdi. Bu e'tibor va g'amxurliklar bizni shukr qilishga, shukronalik bajo keltirishga hidoyat etmaydimi? Har kunimizdan, o'tayotgan hayot lahzalarimizdan rozilikka undamaydimi? O'zi olgan har bir nafas, umirimizning har lahzasi biz uchun BAXT eshigini ochishga bo'lgan IMKONIYaTDIR.

         O'tgan kungi voqea-hodisalardan vahima yasab, "foyda olish" istagida bo'lganlargayam insof tilayman. Men yozuvchi, bloger, yoxud ijtimoiy tarmoqlarda "qahramon" bo'lishni xohlaydigan odam emasman. Faqatgina PREZIDENTIMIZ e'tiborini kichkinagina, anklav hudud bo'lgan So'x tumaniga yana bir marotaba ta'kidlamoqchiman xolos. Boshqa niyatim yo'q.

         Darvoqe, fursatdan foydalnib, berilgan va berilayotgan e'tibor uchun o'zim nomimdan, butun oilamiz nomidan O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ShAVKAT MIROMONOVICh MIRZIYoEVGA SAMIMIY MINNATDORChILIK BILDIRAMAN.

         So'x tumani hokimligi Axborot xizmatidan iltmosim - agar lozim ko'rsangiz, ushbu maqolamni chop eting. Lekin o'quvchilardan iltimos, meni izlamang, topishga urinmang. Men bir oddiy O'Zbekiston Respublikasi fuqarosiman va fikrimni ozod bayon etishga HAQLIMAN.

         Iloyim, Yurtimizga, obod Vatanimizga ko'z tegmasin, har bir balo va xavf-xatardan yurtimizni va barcha yurtdoshlarimizni Yaratgan Egam o'z panohida asrasin!

         Hurmat bilan, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSI.

                            So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

P.S. Albatta, kanalimiz a'zolarining fikr-mulohazalari biz uchun qadrli. Nom va nasabi zikr etilmagan bo'lsada, minnatdorlik xati sifatida ushbu yurtdoshimiz maktubini biz Siz azizlarga ulashdik.