Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GRUZIYaLIK INVESTORLAR SO'X TUMANIDA

×

 2022-01-25 10:38:01    69

PDF yuklash
Chop etish


GRUZIYaLIK INVESTORLAR SO'X TUMANIDA

         Co'x tumanida xorijiy investitsiya ishtirokida sabzavot va gul ko'chatlari yetishtirishga mo'ljallangan innovatsion issiqxonalar tashkil etish, forelь balig'ini yetishtirish, chiqindini kayta ishlash va tekstil faolyatini rivojlantirish bo'yicha  Gruziyaning “Mza Chitili” va “WG Techno” kompaniyalari bosh direktori, turkiyalik ishbilarmon Erxan Zorlu tumanimizga tashrif buyurdi va loyihalarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan ob'ektlar bilan tanishdi.

         Tashrif davomida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, hamda tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo'yicha  o'rinbosari Adhamjon Safarov va sektor rahbarlari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

         Farg'ona viloyatining Gruziya davlati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalariga alohida to'xtalgan investor So'x tumanida ham yaxshi investitsion muhit shakllanishiga ishonch bildirdi.

         Tuman rahbarlari tomonidan mehmonlarga So'x tumanining qishloq xo'jaligi va boshqa tarmoqlardagi mavjud imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berildi.

         Uchrashuv davomida Erhan Zorlu So'x tumanining iqlimidan kelib chiqib, bu yerdagi aholini ishga jalb qilgan holda issiqxonalar tashkil etish va bu issiqxonalarda Yevropa bozorlari talabiga mos sabzavot va gul ko'chatlari parvarishlash, uni dunyo bozorlariga eksport qilish, forelь balig'i yetishtirish va chiqindini qayta ishlash loyihalarni amalga oshirilishini ma'lum qildi.

         Buning uchun investor tomonidan sabzavot va gul ko'chatlari yetkazib berilishi, laboratoriya, mutaxassislar jalb qilinishi, ko'chatlarni yetishtirilgunga qadar bo'ladigan jarayonlarni nazorat qilib borilishini bildirdi. Maxsus texnologiyalar jalb qilinib, suv chiqarish ham investor tomonidan amalga oshiriladi.

         Investorlar So'x tumanida forelь balig'ini yetishtirish va uni konserva holatida eksport qilish loyihasi amalga oshirish joyi bilan tanishdi. Loyihaning taxminiy summasi 5-6 mln AQSh dollarini tashkil etilishi belgilab olingan.

         Bundan tashqari, gul ko'chatlari yetishtirish loyihasini kooperatsiya usulida amalga oshirish uchun tumandan 100 ta xonadon ro'yxati shakllantirilishi, yer maydoni ajratilishi masalasi ham ko'rib chiqilishi aytib o'tildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati