Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YoRDAMChILARI VA YoShLAR YeTAKChILARI BILAN UChRAShUV TAShKIL ETILDI

×

 2022-01-24 10:39:59    171

PDF yuklash
Chop etish


HOKIM YoRDAMChILARI VA YoShLAR YeTAKChILARI BILAN UChRAShUV TAShKIL ETILDI


Mahallalarga tayinlangan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari nimadan iborat? Ular qaysi vazifalarni bajarishadi? Ularning zimmasiga qanday mas'uliyat yuklangan?

  Ayni mana shu savollarga Sohibkor mahallasida joylashgan 27-sonli UO'T maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvda javoblar berildi. mazkur tadbir ishtirokchilariga hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tanishtirilib, ularning asosiy vazifalari nimadan iboratligi tushuntirildi.

Tul mahallasiga malakali mutaxassis Tolibjon Murodov va Sohibkor mahallasiga Ravshanjon Davronovlar hokim yordamchisi etib tayinlanishgan. Ayni kunda hokim yordamchilari mahallada aholi bilan uchrashib, ular bilan birma-bir so'hbat olib borishmoqda. Aholini qiynayotgan dolzarb muammolar o'rganilyapti. Mahallani rivojlantirish bo'yicha asosiy drayverlar aniqlanib olinayotir.

  Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev uchrashuvda so'z olib, tadbir ishtirokchilariga hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarini tanishtirib, mahaladagi barcha muammo va kamchiliklar yechimi ayni ushbu mas'uliyatli vazifaga tayinlangan yoshlar zimmasida ekanligini ta'kidladi.

  - Bu yoshlar hamjihatlik va hamkorlikda ish olib borishadi. Ularning zimmalaridagi asosiy vazifa xalqni, fuqarolarni rozi qilishdan iborat. Prezident vakili sifatida faoliyat boshlagan yordamchi va yetakchilarimizga omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilayman, - dedi tuman hokimi uchrashuv chog'ida.

  Tadbir ishtirokchilariga O'Zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi "Mahalallarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 92-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ushbu qaror asosida mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga beriladigan yordam turlarining ro'yxati o'qib eshittirildi.

  Mazkur tadbirda Sohibkor mahallasiga tayinlangan yoshlar yetakchisi Subhonjon Zaylobov va Tul mahallasining yoshlar yetakchisi Shavkatjon Qahhorovlar ham o'zlarining rejalari haqida ma'lumotlar berishdi.

Mazkur tadbir davomida So'x tumanida tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar mavjud imkoniyatlar to'g'risida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tuman hokimi bu bo'yicha tadbirda ishtirok etgan mahalliy OAV vakillari va blogerlar savollariga javob berdi.

  Tanishtiruv tadbirida mahalladagi yoshlar o'zlarini qiynayotgan muammolar xususida murojaat etishdi. Barcha murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan "Yo'l xarita"lari tuzildi.

  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati